658

O‘quv-uslubiy bo‘limi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘quv va o‘quv-uslubiy jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro islom akademiyasi nizomi va mazkur nizomga muvofiq faoliyat olib boradi.

O‘quv-uslubiy bo‘limining maqsadi:

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, Akademiya tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlashdan iborat.

O‘quv-uslubiy bo‘limining vazifasi:

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

Akademiya fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

Akademiya ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va Akademiya Kengashiga tavsiya qilish;

Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish;

Akademiya shtatlar jadvalini tuzish uchun xujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

O‘quv-uslubiy bo‘lim va boshqa tuzilmalar bilan birgalikda yangi ilmiy pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilinishini nazorat qilish va tegishli ko‘rsatmalar berish;

O‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘quv-uslubiy bo‘limning yillik o‘quv rejasini tuzish;

Akademiya o‘quv jarayoni jadvalini ishlab chiqish;

Talaba va magistrlarining o‘quv, pedagogik amaliyotlarini o‘tkazilishi va ularni bajarilishi ustidan nazorat qilish;

Barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalar bajarilishini nazorat qilish;

Akademiya talabalari kontingentining doimiy harakati haqida ma’lumotlar jamlash;

Nazorat turlari natijalari bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirishi va ularning darslarga qatnashi  tahlilini olib borish;

O‘quv ishlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirish;

O‘quv jarayoniga taalluqli bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan fakultet dekanlari va kafedra mudirlaridan professor-o‘qituvchilar, talabalarga oid ma’lumotlarni talab qilish;

Olib borilgan ishlar bo‘yicha Akademiya Kengashida hisobot berish.

O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i:

Qutpiddinov Sobir Mamasoliyevich 

Tel.: 71 244 00 56

Pochta:

 

 

 

Izoh qoldirish