579

“Manbalar xazinasi” bo‘limi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibidagi “Manbalar xazinasi” bo‘limi o‘z faoliyatini (Toshkent islom universiteti) tashkil etilganidan boshlab, shu kungacha davom ettirib kelmoqda. Mazkur bo‘limning asosiy vazifasi sifatida xalqimizning diniy sohadagi boy madaniy va tarixiy merosi bo‘lgan manbalarni jamlash, ro‘yxatga olish, talab darajasida saqlash va kelajak avlod uchun yetkazish hamda ilmiy tadqiq qilish “Manbalar xazinasi” yo‘riqnomasida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy qo‘lyozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-sonli qarorida ham qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo‘lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.

Hozirda bo‘lim fondida 432 ta qo‘lyozma, 1476 toshbosma hamda 5500 dan oshiq nomdagi 11000 ga yaqin yangi nashr kitoblar saqlanmoqda. Mazkur kitoblar arab, fors, tojik, turk, eski o‘zbek, urdu, pushtu, rus, fransuz, ivrit tillarida yozilgan. Bo‘lim fondidan nafaqat akademiyaning, balki boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorant va tadqiqotchilari, magistr va talabalari doimiy ravishda foydalanib kelmoqdalar.

“Manbalar xazinasi”da faoliyat olib borayotgan xodimlar arab, fors-tojik va qadimiy turk tillarida yozilgan qo‘lyozma hamda toshbosma asarlarni tarjima qiladigan, shuningdek, ularning kataloglarini tuzib ilmiy tahlil olib boradigan, dolzarb mavzudagi asarlar, yurtimizda yetishib chiqqan olimlarning o‘rganilmagan asarlarini tadqiq etib ilmiy risolalar chiqaradigan hamda kitoblarni qayta ta’mirlaydigan mutaxassislar hisoblanadi. Shuningdek, xodimlar aholidan qo‘lyozma va toshbosma asarlarini sotib olish, viloyatlarda mavjud fondlar hamda arxivlarda ilmiy izlanishlar olib borish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim xodimlari muntazam ravishda “Ziyo” media studiyasi hamda O‘zbekiston teleradiokompaniyasining kanallari tomonidan suratga olinayotgan ma’rifiy ko‘rsatuvlar, joylardagi turli mavzularga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlarida o‘z chiqishlari va ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.


 

“Manbalar xazinasi” mudiri:

Usmanov Mahammadsidiq Abdumannonovich

Telefon: 97-735-66-72

El.pochta: mahammadsidiqusman@gmail.com

 


 

“Manbalar xazinasi” mudiri o‘rinbosari :

Mallabayev Abdulloh Abdumajidovich

Telefon: 90-909-31-88

El.pochta: abdun-rasul@mail.ru

 


 

“Manbalar xazinasi” kichik ilmiy xodimi

Ummataliyev Sohibjon Hikmatali o‘g‘li

Telefon: 97-745-55-62

El.pochta: sohibjon.ummataliyev@mail.ru

Izoh qoldirish