713

Xodimlar bo‘limi

Xodimlar bo‘limi xodimning yagona xodimlar siyosatini shakllantirish va amalga oshirilishini, xodimlar bo‘limida xatlar va hujjatlar bilan ishlash, mehnat huquqiy munosabatlarini rasmiylashtirish, xodimlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari, mehnat daftarchalarini va xodimlar bo‘limi faoliyatiga oid turli hisobotlarni yuritilishini ta’minlovchi mustaqil tarkibiy bo‘linma deb hisoblanadi. Bo‘lim o‘z muhriga ega bo‘lib, bevosita O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektoriga bo‘ysunadi.

Bo‘limning maqsadi

Bo‘lim o‘z faoliyatini tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan hamjihatlikda amalga oshiradi, inson resurslarini boshqarishning asosiy vazifasi – ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi hal etilishi uchun javob beradi.

Bo‘limning vazifalari

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- xodimlar ta’minoti, akademiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning kasbiy darajasini oshirish sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

- akademiya tuzilishi va shtatini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

- xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;

- akademiya xodimlarining ish qobiliyatlarini oshirish maqsadida, normal shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni saqlab turish;

- xodimlar ishiga oid yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xodimlarga doir hujjatlarni standartlash va yagona tizimga keltirish, axborot texnologik vositalarni qo‘llash asosida xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish.

Bo‘limning huquqlari

Xodimlar bo‘limi xodimlari bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalari va funksiyalarni amalga oshirish davomida quyidagi huquqlardan foydalanadi:

- xodimlar bilan ishlash bo‘yicha rejalar va dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda akademiyaning tarkibiy bo‘linmalaridan so‘rash va olish;

- akademiya bo‘linmalari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda xodimlar bilan ta’minlash masalalari bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qanday rioya etayotganligini nazorat qilish va tekshirish;

- qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish, amaldagi mehnat qonunchiligi talablari bajarilishini ta’minlamagan yoki ular buzilishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlar va boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish yuzasidan akademiya rahbariyatiga takliflar berish;

- xodimlar bilan ishlash hamda akademiya tuzilishi va shtatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda rahbariyatga takliflar kiritish;

- akademiya rahbariyati o‘tkazadigan yig‘ilishlar va kengashlar ishida qatnashish;

- bo‘lim ishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun akademiyaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini jalb etish (tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari bilan kelishilgan holda).

Bo‘lim tuzilmasi

Bo‘lim o‘z ishini akademiya rahbariyati tasdiqlaydigan joriy rejalar asosida tashkil etadi. Bo‘limga akademiya rahbari tayinlaydigan boshliq rahbarlik qiladi.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni puxta bajarilishini tashkil etilishini ta’minlaydi va ularni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Bo‘limning shtat jadvali belgilangan tartibda tasdiqlanadi va unga quyidagilar kiradi:

1. Bo‘lim boshlig‘i;

2. Xodimlar bo‘yicha muhandis;

3. Inspektor.

Bo‘lim xodimlarining xizmat vazifalari doirasi bo‘lim boshlig‘i tomonidan bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq belgilanadi.

 

Lavozimi: Xodimlar bo‘yicha muxandis, 1-toifa

FISH: Xo‘jaqulov Ulug‘bek Ismoilovich

Manzil: Toshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi 11 uy

Telefon: (+99871) 244 94 66


 

 

 

Lavozimi: Xodimlar bo‘limi boshlig‘i

FISH: Umarov Norboy Tumanovich

Manzil: Toshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi 11 uy

Telefon: (+99871) 244 94 68

 

 





 

Izoh qoldirish