502

Akademiya haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.

Akademiya bitiruvchilari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha vazirlik va idoralari, yirik xalqaro tashkilotlar, ilg‘or mahalliy va xorijiy kompaniya (shirkat)larda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ular erishgan yutuqlar zamirida Akademiyaning salmoqli o‘rni bor. Har bir bitiruvchi nafaqat bilim va ko‘nikmalarga ega, balki Akademiyaning o‘ziga xos madaniyati, urf-odati hamda didini o‘zida mujassam etib, yoshlarga haqiqiy o‘rnak bo‘lmoqda.

Xorijiy talabalar istisno tarzida Akademiyaga suhbat asosida qabul qilinadi. Dars jarayonlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Yaqin orada ingliz tili auditoriyalarini yaratish rejalashtirilmoqda.

Izoh qoldirish

Izohlar

17.03.2023 02:07
akademiyaga necha yoshdan qabul qilinadi
23.01.2023 21:21
Assalomu alaykum akademyada Islomshunoslik yunalishidan 2chi mutaxasislik bormi
23.01.2023 21:21
Assalomu alaykum akademyada Islomshunoslik yunalishidan 2chi mutaxasislik bormi
17.08.2022 16:53
Академияга кандай имтихонлар топширилади ва нечинчи синфдан кабул килинади ва неча йил укиш давом этади
22.06.2022 22:05
Akademiyaga o'qishga kirgach necha yil o'qiydi va yosh chegarasi qanday?