985

Akademiyaning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati tarixi

OʻZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASIDA 2023/2024-OʻQUV YILIDA AMALGA 
OSHIRILGAN ISHLAR BOʻYICHA

HISOBOT

AKADEMIYA HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOT

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 466-son Qarori asosida tashkil etilgan.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QAROR VA FARMONLARI, DAVLAT DASTURLARI IJROSI


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida” PF-158-son Farmoni hamda  “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini  2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-300-son qarori ijrosi yuzasidan:
- Akademiya kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida Farmon va qaror mazmun-mohiyati barcha professor-oʻqituvchi va xodimlarga batafsil tushuntirildi;
- “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasining “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan  siyosatni  izchil  davom  ettirish yoʻnalishi boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan Amaliy tadbirlar Rejasining 96-maqsad 12-bandi yuzasidan Akademiya talabalari oʻrtasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli koʻrik-tanlovlar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan Rejaning 38-maqsad 97-bandini bajarishga Akademiya masʼul etib belgilangan. Mazkur band ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar har oy yakunida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Adliya vazirligiga, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga hamda Taraqqiyot strategiyasi markaziga belgilangan tartibda taqdim qilib kelinmoqda.
Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning “Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy gʻoya asosida birgalikda kurashish hamda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng tagʻib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlari tarjimasini amalga oshirish, ular asosida risolalar yaratish” ijrosi yuzasidan 32 ta xalqchil risola tayyorlandi.
Shuningdek, 2023-yil 26-apreldagi PQ-135 ning 4a-ilova 14-band, 5v-ilova 10-bandlari Turizm yoʻnalishi boʻyicha hududlarga biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlari viloyat hokimlari bilan birgalikda biriktirilgan hududlarning turizm salohiyatini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritalari”ni ijrosi;
- Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2024-yil 5-apreldagi 02-02/02/1/1081-sonli xati ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 9-son bayonning 53-bandida talabalar va oʻquvchilar hamda aholi oʻrtasida atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini keng targʻib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan turli tadbirlarni oʻtkazishga oid topshiriqlari ijrosi.

PROFESSOR-OʻQITUVCHI VA TALABALAR KONTINGENTI

2023/2024 oʻquv yilida 3 ta fakultet va 10 ta kafedrada jami 198 nafar professor-oʻqituvchi (134 nafar asosiy, 27 nafar ichki oʻrindosh, 37 nafar tashqi oʻrindosh) faoliyat olib bordi. Nufuzli 1000 talikka kiruvchi OTMlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor-oʻqituvchi 8 nafar hamda xorijiy oʻqituvchilar 10 nafarni tashkil etdi.
Oʻquv yili yakuni boʻyicha jami 2234 nafar talaba (shundan 565 nafar davlat granti, 1673 nafar toʻlov-kontrakt, 1072 nafar oʻgʻil va 1163 nafar talaba-qizlar, bakalavriat bosqichi 1-kursda 634 nafar, 2-kursda 788 nafar, 3-kursda 321 nafar, 4-kursda 284 nafar, magistratura bosqichida 1-kursda 97 nafar, 2-kursda 110 nafar) hamda 32 nafar xorijiy talaba tahsil oldi.

2023-2024 OʻQUV YILI DAVOMIDA ERISHILGAN YUTUQLAR

Moliyaviy-xoʻjalik yoʻnalishda 

Akademiya moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, saqlash hamda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar ish haqi toʻlovlari va talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida moliya-iqtisod boʻlimi tomonidan 2023-2024-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirib kelindi: 
Joriy 2023-2024 oʻquv yilining oʻtgan davrida byudjet mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ijtimoiy nafaqa boʻyicha umumiy xarajatlar 54917,5 mln.soʻmni tashkil etib, shundan:
- 41710,6 mln. soʻm ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun 
birinchi guruh xarajatlari;
- 8303,9 mln.soʻm ish beruvchi ajratmalari va ijtimoiy nafaqalar; 
- 4903,0 mln.soʻm birinchi guruh xarajatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilgan.
Toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ijtimoiy nafaqa boʻyicha umumiy xarajatlar 29 516,3 mln.soʻmni tashkil etib, shundan 5284,3 mln.soʻm ikkinchi guruh xarajatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilgan.
2023-2024 oʻquv yili davomida professor-oʻqituvchi, ishchi-xodim moddiy qoʻllab quvvatlash va talabalarni yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Byudjet mablagʻlari hisobidan:
920,9 mln.soʻm - bayram kunlari munosabati bilan mukofotlar;
1506,7 mln.soʻm - ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan ustamalar;
328,2 mln.soʻm - vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish davri uchun nafaqa toʻlovlar;
25,1 mln.soʻm - Toʻliq davlat qaramogʻidagi talabalarga ijtimoiy toʻlovlar; 
649,0 mln.soʻm - Ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatini olib borayotgan ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq (Vazirlar Mahkamasining 24.12.2019-yilgi 1030-son qaroriga asosan);
1446,4 mln.soʻm - ijarada yashovchi talabalarga Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-son qaroriga ijara toʻlovlari byudjet mablagʻlaridan qoplab berilgan.
Toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan:
525,0 mln.soʻm-bayram kunlari munosabati bilan mukofotlar;
570,0 mln.soʻm-ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan ustamalar;
34,3 mln.soʻm- moddiy yordam puli;
156,8 mln.soʻm- vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish davri uchun nafaqa toʻlovlar.
Joriy 2023-2024 oʻquv yili davomida byudjet mablagʻlari hisobidan Xalqaro fan olimpiada gʻoliblari boʻlgan 3 nafar talaba 4,1 mln. soʻm, faol fakultet koordinatorlari boʻlgan 11 nafar talaba 17,1 mln.soʻm, sport musobaqalari va  maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan 
72 nafar talaba 41,4 mln.soʻm miqdorida, toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan Yil talabasi-2023 koʻrik tanlovida ishtiroki uchun 11 nafar talabalar 11,9 mln.soʻmlik moddiy ragʻbatlantirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 516-son va Akademiya rektorining 2023-yil 20-dekabrdagi 01-196-sonli buyrugʻiga asosan 5 nafar talabaga (shundan 1 nafari Prezident stipendiyasi, 3 nafar Imom al-Buxoriy stipendiyasi, 1 nafar Islom Karimov nomli stipendiya) joriy oʻquv yili davomida byudjet mablagʻlari hisobidan 80,4 mln.soʻmlik stipendiyalar toʻlovi amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi 
PQ-4910-sonli qaroriga asosan Akademik litsey iqtidorli oʻquvchilari uchun “Rektor stipendiyasi” joriy etilib, joriy oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan 25,9 mln.soʻm litsey hisob raqamiga oʻtkazib berilgan.
Byudjet mablagʻlari hisobidan Manbalar xazinasiga umumiy summasi 28,4 mln.soʻm boʻlgan 15 dona qoʻlyozma va toshbasmalar asarlar;
Byudjet mablagʻlaridan ARM fondini boyitish maqsadida umumiy summasi 43,1 mln.soʻm boʻlgan turli nomdagi adabiyotlar xarid qilingan.

Akademiyaning 318 nafar xodimlari tomonidan Toshkent shahri hamda Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlaridagi mahallalar hamda tashkilotlarda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida jami 489 ta targʻibot tadbiri oʻtkazildi, tadbirlar davomida 19 116 nafar shaxs qamrab olindi. 
Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish maqsadida 25 nafar koʻngilli talabalar va 
10 nafar ekspertlar iborat “Maʼrifatparvarlar” klubi tashkil etildi. 
Klub tomonidan “Soxta daʼvatchilar” aslida kimlar?”, “Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi”, “Axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirishdagi dolzarb muammolar va yechimlar”, “Dunyoviy jamiyatda ayollarning oʻrni va ularni radikallashuvning salbiy taʼsiridan himoya qilish choralari”, “Radikallashuvga qarshi kurashda milliylik omilining roli” mavzularida turli oliy taʼlim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida maʼrifiy tadbirlar uyushtirildi. 
“Dolzarb mavzu” ruknida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” ezgu gʻoyasi asosida (yoshlarni ilm-maʼrifat, kasbu hunarga yoʻnaltirish, turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyat va anʼanalar asosida kamol toptirishga doir) 3 ta maxsus koʻrsatuv tayyorlandi. 
You Tube kanalidagi Jaholatga qarshi maʼrifat gʻoyasi asosida “Raddiyalar: notoʻgʻri talqin va asl mohiyat” sahifasi tashkil etilib, unda 100 dan ortiq raddiya roliklari, koʻrsatuv hamda radikalizm va yot gʻoyalarga qarshi kurashish yoʻnalishida ijtimoiy va inforoliklar eʼlon qilindi. 
Akademiya talabalarida din niqobidagi ekstremizm gʻoyalariga qarshi kurash koʻnikmalarini shakllantirish va mazkur yoʻnalishdagi faol ishtirokini taʼminlash maqsadida “Akademiya kibervolonterlari guruhi” tashkil etildi. Mazkur loyiha doirasida 200 dan ziyod talaba OʻzXIA tomonidan buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi tayyorlangan raddiyalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan shugʻullanmoqda.

Oʻquv-uslubiy yoʻnalishda 
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari (20 ta malaka talabi, 24 ta namunaviy oʻquv reja, 90 ta ishchi oʻquv reja va 769 ta fan dasturlari), professor-oʻqituvchilarining lavozim soatlari taqsimoti hamda fakultetlararo oʻquv smenasi, taqsimoti muhokama qilinib tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. 
Kuzgi semestrda 113 ta hamda bahorgi semestrda 101 ta akademik guruhlar uchun dars jadvallari lms.iiau.uz va hemis platformasida tayyorlandi. 
Ilmiy, oʻquv-uslubiy kengash rejasiga muvofiq 10 ta yigʻilish oʻtkazilib, yillik rejada belgilangan 83 ta masala muhokama qilindi va ijrosi taʼminlandi. Shuningdek, my.iiau.uz platformasida professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalari va 110 ballik mezon asosidagi faoliyatlari tahlil etildi.
Axborot-resurs markazi fondida 8 594 nomdagi 77 837 nusxada ilmiy, badiiy, oʻquv va boshqa turdagi adabiyotlari mavjud boʻlib, oʻquv yili davomida byudjet mablagʻlari hisobidan 288 nomdagi 1 010 nusxada, professor-oʻqituvchilar tomonidan taqdi etilgan 40 nomdagi 400 nusxada hamda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar tomonidan begʻaraz berilgan 44 nom 132 nusxada adabiyotlar bilan boyitildi. 
2023/2024-oʻquv yilida professor-oʻqituvchilar tomonidan 115 ta adabiyot (shundan 35 ta darslik, 69 ta oʻquv qoʻllanma va 
11 ta uslubiy qoʻllanma) tayyorlandi.
Akademiyada taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish hamda oʻquv jarayoniga tadbiq etish maqsadida 32 nafar professor-oʻqituvchilar Misr, Hindiston, Oʻmon Sultonligi, Qozogʻiston va Rossiya federatsiyasining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborildi.  Shuningdek, 16 nafar xorijiy (Yaponiya, Xitoy, Misr, Turkiya, Qozogʻiston va Rossiya) professor-oʻqituvchilar Akademiya oʻquv jarayoniga jalb etildi.
-  “Buyuk ajdodlarimiz” nomli xalqchil risola nashr qilindi (256 bet);
-  “Our Great Ancestors” nomli ingliz tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (244 bet);
-  “Nashi velikiye predki” nomli rus tilidagi xalqchil risola nashr qilindi (300 bet);
-  Markaz xodimlari tomonidan 47 ta ilmiy ish, jumladan, 16 ta maqola nufuzli ilmiy jurnal va toʻplamlarda, 31 ta tezis xalqaro va mahalliy miqyosda oʻtkazilgan konferensiya toʻplamlarida chop etildi;
-  Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asari oʻzbek tiliga tarjima qilindi (1267 bet);
-  Abul Muin Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asari oʻzbek tiliga tarjima qilindi (297 bet).
-  AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga oid 25 ta bevosita davra suhbati oʻtkazildi;
-  Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH, Eron, Turkiya, Afgʻoniston, Qozogʻiston Respublikasidagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari xodimlarining Markazga 13 ta tashrifi amalga oshirildi;
-  Malayziya va Indoneziya kabi mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar vakillari bilan 3 ta onlayn uchrashuv tashkillashtirildi;
-  Xorijiy hamkorlar bilan dolzarb mavzularda 9 ta ilmiy seminar tashkil etildi;
-  “Oʻzbekiston”, “Oʻzbekiston tarixi”, “Madaniyat va maʼrifat” kabi markaziy telekanallari hamda “Ziyo” media markazi orqali Markaz faoliyatiga oid 10 ga yaqin koʻrsatuv efirga uzatildi;
-  “Mahalla”, “Oriat dono”, “FM 90,8” radiokanallari orqali yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan 18 ta eshittirish efirga uzatildi;
-  “Tong yulduzi”, “Ishonch”, “Hurriyat”, “Jamiyat” kabi markaziy nashrlarda Markaz xodimlarining 10 ga yaqin publitsistik maqolalari chop etildi;
-  islom dini mohiyatini buzib talqin qilayotgan radikal guruhlarga qarshi 42 ta videorolik, 23 ta audio material tayyorlandi;
-  nufuzli nashrlarda muhim sanalar munosabati bilan 3 ta publitsistik maqola eʼlon qilindi;
-  Markaz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarga jami 1018 ta material joylashtirildi;
-  Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida raddiya shaklida 440 ta material (shu jumladan, 394 ta video, 15 ta maqola, 26 ta infografika, 23 ta audio koʻrinishidagi material) eʼlon qilindi.
-  Toshkent shahri hamda Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari mahallalarida ijtimoiy koʻmakka muhtojlar, keksa avlod vakillari, uyushmagan yoshlar va xotin-qizlar uchun “Jaholatga qarshi maʼrifat”, “Ogohlik davr talabi”, “Ilm-maʼrifat kelajak poydevori” kabi mavzularda 60 ta targʻibot tadbiri oʻtkazildi, tadbirlarda 
5155 nafar shaxs qamrab olindi;
-  Toshkent shahri hamda Andijon, Namangan, Fargʻona, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida Markaz faoliyati hamda nashrlarining 54 ta taqdimoti oʻtkazildi, taqdimotlarda 20040 nafar shaxs qamrab olindi;  
-   2024-yil 11-mart – 10-aprel kunlari Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari oʻrtasida “Moturidiylik taʼlimoti” mavzusida onlayn viktorina oʻtkazilib, gʻoliblar aniqlandi;
-  internetdagi M.Abdulmoʻminga tegishli 154 ta, A.Navqotiyga tegishli 33 ta, Hizbut tahrirning “Yechim islomda” nomli kanaliga tegishli 59 ta, jami 246 ta radikal mazmundagi noxolis kontentlar tahlil qilinib, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga maʼlumotnomalar taqdim etildi.

Izoh qoldirish