926

Akademiya haqida xorijiy talabalarning bildirgan fikrlari

 

Mening ismim Sitora. Men O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi kursda tahsil olaman. Mening yana bir kichik orzuim amalga oshdi. O‘qishim davomida bilimlarimni hayotiy tajriba bilan birgalikda oshirib bormoqdaman. Shunga amin bo‘ldimki, bu men uchun kelajakda davlatlarga xizmat qilish va o‘zimning biznesimni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratadi. Eng asosiysi, diniy va dunyoviy bilimga ega bo‘lmoqdaman.

Akademiyada O‘zbekistonning va dunyoning turli davlatlaridan kelgan yuqori malakali professorlar dars berib kelmoqda. Akademiya mening ikkinchi uyim hamda guruhdoshlarim oilamdek bo‘lib qoldi. Akademiyada yashash va ta'lim olish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bizning akademiya Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgani uchun men bundan juda ham faxrlanaman. Men shunday ta'lim maskanida o‘qiyotganimdan juda ham xursandman. Xudo xohlasa oldimga qo‘ygan maqsadimga albatta erishaman.

Mening ismim Roza. Men Osiyoni yaxshi ko‘raman. Men tillarni va tilshunoslikni yaxshi ko‘raman. Bag'rikenglik, boshqa xalqlar va dinlarni o‘rganish, meni o‘rab turgan hamma narsani o‘rganishda mening asosiy stimulimdir.

O‘zbekiston, bu mening tuprog'im, bu mening ildizlarim, lekin afsuski, men chet elda o‘sganman. Boy madaniyatlardan biri, barcha mutafakkirlarning xazinasi va Buyuk Ipak yo‘li meni o‘ziga jalb qilgan narsa.

Men birinchi ta’limni Angliyada va Xitoyda olganman. O‘zbekistonda men bir nechta variantlarni ko‘rib chiqdim. Men shaxsan universitetlarga keldim, batafsil o‘rganib chiqdim: nima, qayerda va qanday dars berishini. Ammo Xalqaro Islom akademiyasiga kelganimda, yuragim tanlovimni aytdi. Ekzyuperiy aytganidek: “Ogoh bo‘lish - bu bitta yurak. Siz eng muhim narsani ko‘zingiz bilan ko‘ra olmaysiz». Shunday qilib, men sevimli akademiyamga keldim va qarorimdan hech qachon afsuslanmayman.

Akademiyada noyob o‘qituvchilar tarkibi mavjud bo‘lib, ular juda ko‘p qirrali bo‘lib, nafaqat o‘z sohasida malakali, balki boshqa tillarda, ya'ni arab, rus, ingliz va qozoq tillarida ham so‘zlashadilar.

Mening ismim Muhammadiy Ahmedov. Bizga hadya etilgan ne'matlar va imkoniyatlar uchun Allohga hamdlar bo‘lsin. Mana ikki yildirki men O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasiman va bu haqda faxr bilan so‘zlayapman. Axir bizning akademiyamizda o‘zlarining bilim va tajribalari bilan bo‘lishishdan mamnun bo‘lgan yuqori malakali o‘qituvchi va professorlar to‘plangan. Akademiyadagi sharoitlar haqida gap ketganda, ko‘plab misollar keltirish mumkin: agar siz kitob mutolaasini sevsangiz, siz uchun kutubxona yoki, vaqtni chog' o‘tkazish uchun ko‘plab maxsus joylari bo‘lgan akademiya hovlisida o‘zingizni erkin his qilishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud. Siz tarixga qiziqasizmi? Bu yerda ko‘plab arab, fors va qadimiy o‘zbek tilidagi tarixiy qo‘lyozma durdonalari mavjud. Agar siz sport ishqibozi bo‘lsangiz, sog'ligingizni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan sport zali, shuningdek, yopiq va ochiq basketbol maydonlari, futbol zali va ochiq havodagi mini-futbol maydoni sizning ixtiyoringizda.

Akademiya ma'muriyati juda yaxshi, ular nafaqat ichki masalalar bilan, balki talabaning o‘qishiga halaqit berishi mumkin bo‘lgan, boshqa muammolar bilan ham qiziqishadi. Har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlar o‘zga yurtda o‘zingizni begonalardek his qilmaslikka yordam beradi.

O‘quv xonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, bu professor va talabalar uchun katta yutuqdir, chunki ma'ruza va seminarlar yuqori saviyada o‘tkaziladi va biz dars paytida va akademiya hududida bo‘lgan boshqa vaqtda “zerikish” so‘zini shunchaki unutishimiz mumkin. Agar siz ijodkor odam bo‘lsangiz, bu yerda sizni xursandchilik bilan qarshi oladigan, turli to‘garaklar mavjud. Shuningdek, talaba kursdoshlarni ham e'tirof etib o‘tish kerak, bu yerda siz ko‘p narsalarni farqiga boradigan va mamnuniyat bilan sizga yordam beradigan, noyob insonlar bilan do‘stlashishingiz mumkin. Fursatdan foydalanib, men O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining barcha xodimlari va ma'muriyatiga minnatdorlik izhor qilaman.

Men O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi ekanligimdan faxrlanaman.

Mening ismim Kabulova Muhayyo, yoshim 20 da. Menga O‘zbekistonda hamma narsa, ayniqsa, meni qo‘llab-quvvatlab turgan va yordamini ayamagan samimiy va mehribon insonlar yoqadi. Men Rossiyadan keldim va hozirda Islom akademiyasi “Islomshunoslik” fakultetining ikkinchi kursida “Dinshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olaman. Menga akademiya juda yoqadi, ayniqsa, bizga bilim berib kelayotgan, mehribon va yuqori malakali ustozlar. Men bunday samimiy do‘stona guruhga tushishimni bilmagan edim. Men aynan shu yerga o‘qishga kirganimdan afsuslanmayman. Men O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi ekanligimdan xursandman.

Men Abdullaev Zohidjon hozirgi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islomshunoslik kafedrasi, Aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta'limotlar mutaxassisligining, 2-kurs magistrantiman.

Liviyaning Tripoli shahridagi “Islomiy da'vat fakulteti” nomli Islom universitetining bakalavrini tamomlaganimdan so‘ng, o‘rtada bir necha yil uzilish bo‘lgan bo‘lsada, ilm olishlik hamda ilmiy izlanishlarimni davom ettirish ishtiyoqi meni tark etmadi.

Shu asnoda meni bir necha yillik orzuyim, buyuk allomalar yurti, ko‘hna tarixga ega, yuz minglab qo‘lyozma manbalar saqlanayotgan fondlari ma'lumotlarga boy qo‘shni O‘zbekiston Respublikasida xalqaro miqyosda diniy va dunyoviy professor, akademik olimlari jalb etilgan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi meni o‘ziga jalb etdi va men ushbu o‘quv maskanida ilmiy izlanishlarimni davom ettirishni ixtiyor etdim.

Darhaqiqat, tanlovim to‘g'ri bo‘lgani hozirgi kunda o‘z isbotini topdi. Albatta, xalqaro miqyosda bunday yuqori mavqe'dagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi”da tahsil olish insonga sharaf tuydirishi bilan birga katta mas'uliyatni talab etadi!

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jul
26
Xalqaro
Viza olish jarayoni
11:21
Jul
26
Xalqaro
Xorijiy talabalar
10:58

Izoh qoldirish