709

Xotin-qizlar masalalari bilan ishlash bo‘limi

Bo‘limning asosiy maqsadi – xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida xotin-qizlarni to‘laqonli ishtirokini, ayollar va yoshlarning ma’naviy va intellektual o‘sishini ta’minlash.

Bo‘limning vazifalari:

- xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan o‘stirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat qurilishida faol qatnashishlari sohasidagi umummilliy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish;

- xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- akademiyada milliy-diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, xotin-qizlarning konstitusiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, buzg‘unchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga ta’sir o‘tkazish, ularni ekstremistik va terroristik faoliyatga jalb etish yo‘lidagi urinishlariga qarshi qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish;

- xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, bu tashkilotlarning sa’y-harakatlarini jamiyatni modernizasiyalash va demokratik yangilash jarayonlarida, O‘zbekistonda jamiyat va davlat qurilishida xotin-qizlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarga yo‘naltirish.

 

Bo‘limning huquq va majburiyatlari

- akademiya xotin-qizlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;

- ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;

- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;

- o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;

- ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tuzilmalarini tashkil etish;

- o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan konferensiyalar o‘tkazish;

- tadbirkorlik yig‘ilishlari, qonun hujjatlariga muvofiq to‘garaklar ochish va klublar tashkil etish.

- bo‘lim qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Bo‘lim majburiyatlari:

- bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

- bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

- qonun hujjatlariga rioya etish;

- bo‘lim qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Bo‘lim ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

- Ayollarning jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mehnat faolligini kuchaytirish, ularning huquq manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash ishlarini olib borish;

- Xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, an’analarimiz asosida qizlarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda tadbirlar, uchrashuvlar, seminar, konferensiyalar o‘tkazish;

- Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ma’naviy intellektual va kasbiy salohiyatini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirib borish;

- “Qizlar klubi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli qizlarni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish;

- Mehnat munosabatlarini takomillashtirish, ayollar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, tadbirkorlikni, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, ularning o‘qish va mehnat faoliyatini rag‘batlantirish;

- Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishi hamda ehtiyojini, munosib ravishda madaniy xordiq olishini ta’minlash;

- Ayollar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm, missionerlik g‘oyalarining tarqalishini oldini olish, milliy-diniy urf odatlarni to‘g‘ri targ‘ib etish;

- Xalqimizning ruhiyatiga, turmush tarziga yot bo‘lgan ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish kabi holatlarning oldini olish;

- Kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, yakka-yolg‘iz ayollarga ko‘maklashish.

Bo‘lim tarkibida Xotin-qizlar jamoatchilik maslahat kengashi faoliyat olib boradi. Mazkur Kengash 21 nafar a’zodan iborat bo‘lib, Kengash raisi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nargiza Shoaliyevadir. Mazkur Kengash Akademiyada tehsil olayotgan talaba-qizlar bilan ona-qiz uslubida tizimli ishlashni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, pedagog-xodimalar o‘zlariga biriktirilgan talaba-qizlarning holidan xabar olish, ilm-fan yutuqlarini qo‘lga kiritishga ko‘maklashish hamda ilmiy salohiyatni oshirishda maqolalar yozish va konferensiyalarda ishtirok etish bo‘yicha kerakli maslahat va yordam berib boradilar. 

Shuningdek, “Qizlarjon” klubi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Klubga rais etib, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Umida Murodxonova tayinlangan bo‘lib, mazkur klub faoliyati va takomillashishida a’zo bo‘lgan 30 nafar talaba-qizlar bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar. Mazkur klub bir necha yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

  1. “Lider qizlar”- Akademiya ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etuvchi qizlardan iborat;
  2. “Olima ayollar”- Akademiyada tahsil olayotgan doktorantlardan iborat bo‘lib, ular talaba-qizlarni ilmiy faoliyatda salohiyatni oshirish bo‘yicha master-klass o‘tib boradilar;
  3. “Iqtidorli talaba-qizlar”- “Iqtidorli talaba-qizlar” yo‘nalishi esa turli nomdor stipendiyalar sohibalaridan iborat bo‘lib, mazkur stipendiyalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha talaba-qizlarga maslahatlar berib boradilar;
  4. “IT-bilimdoni”- 1-bosqich talaba-qizlariga kompyuter savodxonligidan mashg’ulotlar o‘tadilar;
  5. “Pazanda qizlar”- TTJda turuvchi talaba-qizlarga pazandalik mahoratidan mashg‘ulotlar o‘tib boradilar;
  6. “Dizayner va Butaforlar”-TTJda vaqtini sermazmun o‘tkazish maqsadida turli taqinchoqlar yasash va rassomchilik sir-asrorlarini o‘rgatib oradilar;

Shuningdek, Talabalar turar joyida yashab kelayotgan nogironligi mavjud talaba-qizlarga sog’lom talaba-qizlarimiz, komyuterda matn terish ishlarida ko‘maklashish maqsadida “Biz-birgamiz” loyihasi ham yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, har bir ko‘zi ojiz talaba-qiz, bir sog‘lom talaba qiz hamrohligida tahsil olib boradi.

Akademiyada ayol o‘qituvchilar orasida professor 3 nafar, fan doktori-7 nafar, dotsent-21 nafar, dotsent v.b. 3 nafar, PhD 18 nafarni tashkil qiladi. Talaba-qizlarning umumiy soni 1014 nafardan iborat.

 

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish