591

Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi (keyingi oʻrinlarda - Boʻlim) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash borasidagi hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari asosida faoliyat yuritadi.

Boʻlimning maqsadi reklama-axborotni ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishni yangi bosqichga olib chiqishda tashkilotlar bilan korporativ hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Bo‘limning vazifalari respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida Akademiya bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan xizmatlar bozori kon’yukturasining o‘zgarishini tahlil qilish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga ishga taqsimlash.

Davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish. Akademiyaning bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha komissiya tashkil etish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini ishlab chiqish va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilarni to‘liq ishga taqsimlashni qamrab olish.

Akademiya bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha har bir bitiruvchining reytingi va malakaviy sifatlari to‘g‘risida tavsifnoma, bitiruvchilarning qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonada ishlashini xohlashiga oid anketa so‘rovlari natijalari va ish beruvchilar (iste’molchilar)dan korxona yoki tashkilotdagi mavjud mehnat hamda maishiy-madaniy shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi ma’lumotlar bazasini tayyorlash. Korporativ hamkorlik shartnomasi asosida ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, hamkorlikka oid aloqalarni o‘rnatish.

Akademiyani o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta va doimiy aloqalar o‘rnatish (Akademiya saytida alohida sahifa ochish orqali), zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish. Xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda talaba va bitiruvchilarning ishtirok etishini ta’minlash, Akademiya hokimyatlar, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari (bo‘linmalari), savdo-sanoat palatasi, agentliklar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy tashkilotlar, korxona va firmalarning ishonchli vakillari hamda korporativ hamkor tashkilotlar ishtirokida “Karyera kunlari” va mehnat yarmarkalarini tashkil etish

 

 

 

 


Bo‘lim boshlig‘i: Turayeva Gulyuz Inomjonovna

Telefon: 71 244-94-59

Pochta: rahmatullohmunisa@gmail.com

 


Bo‘lim bosh mutaxassisi: Salaxov Sirojiddin Nuriddin o‘g‘li

Telefon: 71 244-94-59

Pochta: sirojiddin.salaxov.1995@gmail.com

 

Bo'lim marketologi: Qosimov Jahongir Burxonjon o'g'li            

Telefon: 71 244-94-59            

Pochta: QosimovJahongir4477@gmail.com

Izoh qoldirish