604

OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita rektorga bo‘ysunadi.

OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyruqlariga, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Nizomiga amal qiladi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini akademiyaning prorektorlari, dekanatlar va bo‘limlari, akademiya tasarrufidagi markazlar va tegishli ixtisoslikdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Bo‘limi vazifalari

  1. Akademiyaning rahbariyati tomonidan zamonaviy talablar asosida belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  2. Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va oliy ta’lim muassasalarining Matbuot kotiblari va axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
  3. Keng jamoatchilikni Akademiyaning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
  4. Akademiyaning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish;
  5. Akademiyaning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

Bo‘lim funksiyalari

  1. OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;
  2. OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi;
  3. Akademiya faoliyatiga doir qabul qilinayotgan tegishli qonun hujjatlari, ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlari monitoringini olib borib, muntazam ravishda keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
  4. Akademiya faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
  5. Akademiyaning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi;
  6. OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVlarining Akademiya faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

Bo‘limi huquqlari

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining boshqa tuzilmalari bilan hamkorlikda ish yuritadi;
  2. Akademiyaning boshqa tashkiliy tuzilmalari rahbarlari bilan hamkorlikda axborot siyosatini belgilaydi;
  3. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashlarida, tasarrufidagi ta’lim muassasalari va idoralarining oliy ta’lim masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarida ishtirok etadi;
  4. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Akademiyaning rahbari bilan kelishgan holda Akademiyaning barcha dekanat va bo‘limlari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish ishlarini amalga oshiradi;
  5. Boshqa organlarning OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi;
  6. Rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha Akademiya nomidan ishtirok etadi;
  7. O‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etishni tashkil qiladi va xizmatga xodim olish, ishdan ozod etish, malakasini oshirish, rag‘batlantirish yuzasidan rahbariyatga taklif kiritadi;
  8. Akademiyaning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarini rahbariyatga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Majburiyatlari

  1. Qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajaradi;
  2. Respublika oliy ta’lim muassasalarida xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning monitoringi va boshqa tashkiliy-metodik masalalar yuzasidan me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;
  3. Akademiya faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini ta’minlaydi;
  4. Xizmatning faoliyati yuzasidan rahbarga hisobot beradi;
  5. Faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etadi.

Bo‘limi tuzilmasi

OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassis shtat birliklaridan iborat.

Xizmatning faoliyati Matbuot kotibi tomonidan boshqariladi. Uni tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan amalga oshiriladi. Matbuot kotibi hamda OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

Bo‘lim faoliyatini tashkillashtirish

OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi faoliyati “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi to‘g‘risidagi Nizom”, Akademiya Hay’ati qarorlari, Akademiya buyruqlari, rektorning topshiriqlari asosida tashkil etiladi.

OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Nizomi, tuzilmasi va shtat jadvali va mas’ul xodimlarining xizmat vazifalari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.

 

Lavozimi:  Bo‘lim boshlig‘i

FISH: Mahmudov Sherzod Erkinjon o‘g‘li

Manzil: Toshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi 11 uy

Telefon: (+99897) 335-40-07

Elektron pochta: sherzodmahmudov38@mail.r

5

 

Lavozimi:  Bo‘lim uslubchisi

FISH: 

Manzil: 

Telefon: 

Elektron pochta:

Izoh qoldirish