Magistratura bo‘limi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2008-yilning 18-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasasi magistratura bo‘limi haqidagi namunaviy Nizom” qoidalariga muvofiq tashkil etilgan. Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Ta`lim to‘g`risida“gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g`risida“gi qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlisininig quyi va yuqori palatalari qarorlari va topshiriqlari, Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirining buyruqlari hamda vazirlik Hay`ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilning 2-martida 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g’risida”gi Nizomga asosan amalga oshirib kelmoqda.
Akademiyada magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish Magistratura bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-kurs magistraturasida
5А120102 Lingvistika (arab tili)
5А120302 Tarix (Islom sivilizatsiyasi)
5А120603 Qiyosiy dinshunoslik
5А121101 Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
5А160107 Islomshunoslik
5А210201 Psixologiya (din psixologiyasi)
5А220401 Axborot xavfsizligini boshqarish.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2-kurs magistraturasida
5А121101 Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
5А610301 Turizm (Ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish)
5А231001 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
5А120602 Dinshunoslik
5А120302 Tarix (Islom sivilizatsiyasi)
5А160101 Qur’onshunoslik
5А160102 Hadisshunoslik
5А160103 Islom huquqi
5А160104 Aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta’limotlar
5А160106 Islom tarixi va manbashunosligi
5А210201 Psixologiya (din psixologiyasi)
5А120102 Lingvistika (arab tili)
5А210102 Ijtimoiy tizimlar jarayonlarining axborot va psixologiya xavfsizligi
5А120603 Qiyosiy dinshunoslik kabi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasi mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi va ikkinchi kurslarda jami 185 nafar magistrlar ta’lim olmoqdalar.
Magistratura mutaxassisliklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Malaka talablari asosida tahsil oladilar. “Magistratura to‘g’risida”gi Nizomga ko`ra magistrlar tayyorlashning asosiy ikki komponenti – nazariy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish tartiblari hamda magistrlik dissertatsiyasini mazmuni, sifati va tayyorlashga bo‘lgan talablar o‘rnatib berilgan.
Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan professor-o‘qituvchilar tarkibiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablariga muvofiq, professor, fan doktorlari, dotsent, fan nomzodlari jalb etilgan, shuningdek, o‘quv jarayoniga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalarining yetakchi olim va mutaxassislari jalb etilgan.
Izoh qoldirish