595

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, bevosita Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Millim dasturi”, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va me’yoriy hujjatlari talablari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Nizomi asosida ish olib boradi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini akademiyaning prorektorlari, dekanatlar va bo‘limlari, akademiya tasarrufidagi markazlar va tegishli ixtisoslikdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Bo‘limi vazifalari

  1. talabalar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi asosida ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tamonlama barkamol avlodni tarbiyalash;
  2. talabalarda Vatanga muhabbat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga sadoqat hissini tarbiyalash;
  3. qadimiy tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma’rifiy maskanlarga, muzey, teatr va ko‘rgazmalarga sayoxatlar uyushtirish;
  4. tarbiyaviy ishlarga barcha professor-o‘qituvchilar jamoasini, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya BT va boshqa tashkilotlarni, talabalar, murabbiylar, mahalla va ota-onalarni jalb qilish, ularning ishlarini muvofiqlashtirish;
  5. Akademiyada talabalarning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni ilmiy, ijodiy, jurnalistika va kasb-hunar to‘garaklari hamda sport seksiyalariga jalb qilish va muntazam ravishda nazorat qilib borish;
  6. talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish orqali turli zararli g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, ekstremizm va diniy aqidaparastlikning har qanday shakllari, reaksion mohiyatini keng tushuntirish, giyohvandlik, axloqsizlik illatlaridan holi bo‘lish muhitini yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda uni hayotga tadbiq etish.

Bo‘lim funksiyalari

  1. Akademiyada o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muvofiqlashtiradi.
  2. Sport musobaqalari va turli xildagi to‘garaklar ish rejalarini raxbariyat bilan kelishgan holda tasdiqlaydi va uni amalga oshiradi.
  3. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarish, ularning yashash sharoitlari bilan muntazam tanishib borish va bu haqida raxbariyatga muntazam ma’lumot berish.
  4. Kafedralar ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejasini va uning bajarilishini nazorat qilib borish, professor-o‘qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuklamasida ko‘zda tutilgan vazifalar bajarilishi monitoringini olib borish.

Bo‘lim huquqlari

  1. Bo‘lim nizomida belgilangan vazifalar bilan bog‘liq ravishda professor- o‘qituvchilarga tegishli ko‘rsatma berish.
  2. Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda talabalar bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish va yangi ijodiy hamda sport to‘garaklarini ochish masalalari bo‘yicha raxbariyatga takliflar kiritish.
  3. Guruh murabbiylari va professor-o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib, ularni taqdirlash uchun raxbariyatga taklif kiritish.
  4. Guruh murabbiylari o‘z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi yoki uni suiiste’mol qilganligi uchun raxbariyat bilan kelishgan holda intizomiy jazo qo‘llash.

Bo‘limi tuzilmasi

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i va 2 nafar uslubchi shtat birliklaridan iborat.

Bo‘lim faoliyati bo‘lim boshlig‘i tomonidan boshqariladi. Uni tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan amalga oshiriladi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita Akademiya rektori hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.

Bo‘lim faoliyatini tashkillashtirish

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi faoliyati “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi to‘g‘risidagi Nizom”, Akademiya Hay’ati qarorlari, Akademiya buyruqlari, rektorning topshiriqlari asosida tashkil etiladi.

Lavozimi:  Bo‘lim boshlig‘i

FISH: Kaxarova Munira Maxamadjanova

Manzil: Toshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi 11 uy

Telefon: 97 776 8608

Elektron pochta: kaxarova2302@mail.ru

Izoh qoldirish