1

Vijdon erkinligi – huquqiy kafolat va jamiyat barqarorligining asosi

Jamiyat taraqqiyoti, avvalo, inson qadri, uning huquq va erkinliklari qay darajada taʼminlangani bilan belgilanadi. Insonning eʼtiqod qiliş yoki qilmaslik huquqi, vijdon erkinligi, diniy qaraşlarini erkin ifoda etiş imkoniyati demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan biridir. Zero, vijdon erkinligi nafaqat insonning şaxsiy huquqi, balki jamiyatda tinçlik, totuvlik va özaro işonçni mustahkamlovçi muhim ijtimoiy qadriyat hamdir.

Ana şu ezgu maqsadlarni keng jamoatçilikka yetkaziş, aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning diniy-maʼrifiy savodxonligini oşiriş, ularning jamiyatdagi maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlardagi iştirokini faollaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi Xotin-qizlar bölimi tomonidan anʼanaviy tarzda respublika «Tarğibotçilar forumi» taşkil etib kelinmoqda.

Mazkur anʼana davomiyligi sifatida 2026-yil 19-20-noyabr kunlari Xorazm viloyatida “Vijdon erkinligi – huquqiy kafolat va jamiyat barqarorligining asosi” mavzusida IV Respublika «Tarğibotçilar» forumi taşkil etildi. Forumning asosiy ğoyasi inson huquqlari va qadr-qimmatini uluğlaş, vijdon erkinligining huquqiy asoslarini keng tarğib qiliş, diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlaş, şuningdek, xotin-qizlarning maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini yuksaltirişga qaratildi.

Vijdon erkinligi har bir insonning diniy eʼtiqodiga mustaqil munosabatda bölişi, öz dunyoqaraşi va eʼtiqodini erkin tanlaşi bilan boğliq konstitutsiyaviy huquqi Konstitutsiya va «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonun bilan mustahkamlangan.

Globallaşuv jarayonida turli axborot oqimlari, diniy masalalarga oid turliça talqinlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan maʼlumotlar insondan mustaqil fikrlaş, manbalarni tanqidiy tahlil qiliş hamda huquqiy va diniy bilimlarga ega bölişni talab etmoqda. Şu nuqtai nazardan, forum doirasida vijdon erkinligining mazmun-mohiyatini töğri anglaş, diniy masalalarda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, turli qaraşlarga nisbatan bağrikenglik va hurmat munosabatini şakllantiriş masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.

Jamiyatning maʼnaviy qiyofasi, avvalo, oilada şakllanadi. Oiladagi soğlom maʼnaviy muhit, farzand tarbiyasi, bağrikenglik va özaro hurmat kabi qadriyatlarning qaror topişida xotin-qizlarning örni beqiyosdir.

Bugungi kunda xotin-qizlarning diniy-maʼrifiy savodxonligini oşiriş, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlaş, axborotni tahlil qiliş, turli mafkuraviy taʼsirlarga nisbatan ongli munosabatni şakllantiriş muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, diniy tuşunçalarni notöğri talqin qiliş, soxta diniy daʼvatlar va manipulyativ axborot taʼsiriga tuşib qolişning oldini olişda maʼrifiy yondaşuv, psixologik barqarorlik va huquqiy bilimlarning ahamiyati katta.

Şu maʼnoda, xotin-qizlar orasida faoliyat olib borayotgan tarğibotçilarning bilim va malakasini oşiriş, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan işlaşga örgatiş, aholi bilan samarali muloqot olib boriş könikmalarini rivojlantiriş forumning muhim yönalişlaridan biridir.

Bugungi davr tarğibotçidan faqat maʼlumot yetkazişni emas, balki insonlar bilan samimiy muloqot örnatiş, ularning savol va muammolarini tinglaş, dolzarb masalalarga ilmiy, huquqiy va maʼrifiy asosda yondaşişni talab etmoqda.

Şu bois, tarğibotçilik faoliyatida psixologik yondaşuv, muloqot madaniyati, pedagogik mahorat, ijtimoiy-psixologik bilimlar va tanqidiy fikrlaş könikmalarining uyğunligi muhim ahamiyatga ega.

Forum kabi respublika miqyosidagi maʼrifiy muloqot maydonlari turli hududlarda faoliyat yuritayotgan tarğibotçilarning özaro tajriba almaşişi, ilğor iş usullarini ommalaştirişi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşi uçun muhim imkoniyat yaratadi.

Zero, maʼrifatli jamiyatda turli eʼtiqod va qaraşlarga hurmat, qonun ustuvorligi, inson qadri va özaro hamjihatlik ustuvor böladi.

Zebo Kasimova,

Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi professori,

Respublika tarğibot guruhi aʼzosi

Izoh qoldirish