Avlodlar qalbida yaşaydigan bayroq: ötmiş, bugun va kelajak köprigi
“Insonning Vatanga bölgan muhabbati uning tarixini, tilini, muqaddas ramzlarini eʼzozlaşdan, ajdodlar xotirasini qalbida asraşdan boşlanadi”.
Burhoniddin Zarnujiy
Har safar osmonga boqib, Vatanimiz bayroğining hilpiraşini körganimizda, köksimizni çeksiz bir iftixor, qalbimizni esa taʼriflab bölmas iliqlik qamrab oladi. Moviy rang musaffo osmon va tinçlikni, oq rang muqaddas tinçlik va poklikni, yaşil rang yaşnayotgan tabiat va hayotni, qizil çiziqlar esa tomirlarimizda jöş urgan hayotbaxş kuç va ajdodlarning oqar qonini eslatadi.
Biroq bayroq şunçaki mato yoki ranglar yiğindisi emas. U millatning tirik vijdoni, ötmişning öçmas xotirasi, bugunning masʼuliyati va kelajakka bölgan işonç köprigidir. Bugungi kunda globallaşuv jarayonlari şiddat bilan ketayotgan, yoşlar ongi va qalbi uçun kuraş kuçaygan bir davrda, milliy ramzlarimizga bölgan munosabat bizning kimligimizni, qaysi uluğ zotlarning avlodi ekanimizni belgilab beruvçi asosiy mezonga aylanmoqda.
Ajdodlarimiz bayroqni hamişa muqaddas bilişgan. Tarix sahifalariga nazar taşlasak, temuriylar davrida, undan ham oldingi buyuk saltanatlarda har bir yuriş, har bir ğalaba madhiyasi aynan bayroq ostida birlaşgan. Amir Temur bobomizning “Kuç – adolatdadir” degan hikmati ostida yuksalgan bayroqlar xalqimizning birdamligi va matonat timsoli bölgan.
Şarq allomalari, jumladan, buyuk mutafakkir Burhoniddin Zarnujiy öz asarlarida yoş avlod tarbiyasi, ilmga intiliş va Vatanga sadoqat tuyğularini şakllantirişda milliy qadriyatlarning örni beqiyos ekanligini taʼkidlab ötgan. Uning taʼlimotiga köra, insonning maʼnaviy kamoloti uning öz tarixini, ota-bobolar qoldirgan muqaddas ramzlarni hurmat qilişidan boşlanadi. Bugungi kunda biz faxr bilan tiklagan davlat bayroği ana şu tarixiy matonat va buyuk ajdodlar ruhining zamonaviy körinişidir.
Bugun taʼlim dargohlarida, oliy taʼlim muassasalarida yoşlar bilan işlaş jarayonida bayroqning qalblarda qanday yaşayotganiga har kuni guvoh bölamiz. Olmozor tumanidagi oliy öquv yurtlari misolida aytadigan bölsak, har hafta boşida yangrayotgan davlat madhiyasi va bayroqqa taʼzim bajo keltiriş marosimi talabalarning yuragida milliy ğururni jöşqinlantirmoqda. Misol uçun, oxirgi ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va talabalar örtasidagi intellektual musobaqalarda yoşlarning milliy ramzlar tarixiga bölgan qiziqişi keskin oşgani közga taşlanmoqda. Yoş psixologik guruhlarda ötkazilgan sörovnomalar şuni körsatmoqdaki, talabalarning 90 foizdan ortiği bayroqni körganda özlarini şu buyuk yurtning bir zarrasi sifatida his qilişlarini, qiyin lahzalarda şu ramz ularga kuç bağişlaşini samimiy eʼtirof etişadi.
Demak, bayroq faqat davlat idoralari peştoqida yoki bayram kunlarigina emas, balki har bir talabaning, har bir fuqaroning qalbida doimiy ravişda hilpirab turibdi.
Bugun dunyo şiddat bilan raqamlaşmoqda. Yoşlar qölidagi smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar ularning diqqatini boşqa tomonga tortişga urinayotgan bir paytda, milliy özlikni saqlab qolişning yagona yöli yoşlarning qalbiga vatandöstlik hissini joylaşdir. Qaçonki yoşlar fan, sport, taʼlim va madaniyat sohalarida xalqaro maydonlarda yuksak marralarni zabt etib, öz yurti bayroğini baland kötarişganda, butun duno özbek nomini hurmat bilan tilga oladi. Musobaqa ğoliblari şohsupaga kötarilib, bayroğimiz yuqoriga kötarilayotgan ondagi köz yoşlar va faxr tuyğusi -bu kelajak köprigining mustahkam poydevoridir.
Biz farzandlarimizga faqat fan asoslarini emas, balki har bir rangning, har bir hilpiraşning ortida qançalik buyuk tarix va masʼuliyat yotganini uqtirişimiz kerak. Zero, bayroğini sevgan inson öz ona tilini, tarixini, ota-onasini va eng asosiysi, Vatanini sevadi.
Xulosa qilib aytganda, “Bayroq qalbda yaşaydi” degan jumla oddiy şior emas. Bu har bir özbekistonlikning yurak amri, hayot tarzi va eʼtiqodidir. Ötmişdan saboq olib, bugunni fidokorona yaşayotgan va kelajakka işonç bilan boqayotgan yoşlarimiz bor ekan, moviy osmonimizda bayroğimiz doimo mağrur hilpirab turadi. Çunki qalbida Vatan bayroğini asragan insonni heç qanday tösiq öz yölidan qaytara olmaydi. U har doim buyuk marralar sari intiladi va yurt ravnaqiga öz hissasini qöşadi.
Rahmatilla Ğoyibnazarov,
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi dotsenti
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish