BMT MINBARIDAN YANGRAGAN YANGI ÖZBEKISTON OVOZI yoxud tarixiy xotira, inson qadri, oçiqlik va milliy manfaatlarga tayangan yangi taşqi siyosiy tafakkur
Dunyo tarixida şunday minbarlar borki, ularda aytilgan söz öşa joyning özida qolib ketmaydi. U xalqlar xotirasiga, davlatlar siyosatiga, baʼzan esa butun bir davrning siyosiy luğatiga kirib boradi.
BMT Boş Assambleyasi minbari şunday joy. Unga çiqiş oddiy nutq sözlaş imkoniyatidan kengroq maʼno kasb etadi. U yerda davlatlar özini dunyoga taniştiradi, manfaatini ifodalaydi. Xavotirini aytadi, taklifini örtaga qöyadi. Eng muhimi, insoniyat oldidagi masʼuliyatini namoyon etadi.
Bu tizimning siyosiy mohiyatida katta bir tamoyil bor: davlatlar katta-kiçikligi, aholisi yoki harbiy qudrati bilan farqlanişi mumkin, ammo ularning suveren qadr-qimmati teng hurmat qilinişi kerak.
Taşkilot minbari bu borada har bir mustaqil xalq uçun öz ovoziga ega böliş ramzidir. Biz uçun bu fikrning qadri alohida. Çunki Özbekiston uzoq tarix davomida dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qöşgan mamlakat bölsa-da, XX asrning katta qismida xalqaro munosabatlarning mustaqil subyekti sifatida öz nomidan sözlaş imkoniyatiga ega bölmadi. Samarqand-u Buxoro, Xorazm va Termiz hamda Farğona vodiysidan taralgan ilm va tafakkur asrlar davomida jahon madaniyatiga xizmat qildi, ammo zamonaviy xalqaro siyosat maydonida Özbekistonning mustaqil ovozi faqat istiqlol tufayli yangradi.
Furqat Jöraqulov,
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori
Manba: “Yangi Özbekiston” gazetasi 2026-yil 11-noyabr, 234-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish