1

Vatan taqdiriga daxldorlik masʼuliyati

Yangi Toshkentda bunyod etilgan inshootlarni ishga tushirish va yangi loyihalar qurilishiga start berish marosimida Prezidentimiz “OʻZ” falsafasini ilgari surdi.

Mamlakatimiz yetakchisi Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirdi: “Kapitalning, ilgʻor gʻoyaning va halol mehnatning millati yoʻq!”.

Bu soʻzlar zamirida yangi Oʻzbekistondagi islohotlarning mohiyati yaqqol koʻrinadi. Inson qayerdan kelgani emas, qilgan ishi va yurt uchun yaratgan qiymati qadrlanadi. Oʻzbekiston. Oʻzgarish. Oʻzlik. Masʼuliyat. Dastlabki uchta soʻzning “oʻz” boʻgʻini bilan boshlanishi tasodif emasdek. Ular Vatan, oʻzgarish va oʻzlikni anglashning uch pogʻonasini koʻrsatadi, toʻrtinchisi – masʼuliyat esa ularni birlashtirib turadi.

Erkin Doripov,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi matbuot kotibi

Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2026-yil 15-oktabr, 213-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish