1

O‘zbekiston diplomatiyasi: o‘zaro ishonch va hamkorlik uchun barqaror muhit

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yillik tarixi mamlakat tashqi siyosatining shakllanishi, takomillashuvi va yangi mazmun bilan boyib borishi jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Bu davr mobaynida milliy suverenitetni mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallash, milliy manfaatlarni ishonchli himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasida boy tajriba to‘plandi. 

O‘zbekiston tashqi siyosati shakllanishi va rivojlanishi jarayonini shartli ravishda bir necha bosqichga bo‘lish mumkin.

Birinchi bosqich – 1991-yildan 2000-yillarga qadar bo‘lgan davr. Bu, avvalo, milliy suverenitetni mustahkamlash, O‘zbekistonning mustaqil davlat o‘laroq xalqaro huquq subyekti sifatida tan olinishini ta’minlash va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash davri bo‘ldi.

Bu jarayon mamlakatning nafaqat siyosiy mustaqilligini, balki tashqi siyosiy qarorlar qabul qilishdagi mustaqil pozitsiyasini ham mustahkamladi. Shu tariqa milliy manfaatlarga asoslangan, tashqi ta’sirlardan xoli va tinchliksevar tashqi siyosat modeli shakllana boshladi.

Farhod Karimov,

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dekani,

siyosiy fanlar doktori, professor

Manba: “Ishonch” gazetasi 2026-yil 8 sentabr, 110-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish