1

Ilmiy kadrlarni tayyorlashda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 26-maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni sohada yangi davrni boshlab berayotgan muhim huquqiy hujjatdir. Binobarin, ushbu farmon nafaqat mavjud tizimni takomillashtirish, balki ilmiy daraja berish, doktorantura faoliyati, ilmiy kengashlar mas’uliyati va akademik halollikni ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etishni ko‘zda tutmoqda. 

Amaldagi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda attestatsiyadan o‘tkazish tizimi salkam o‘n yilga yaqin muddat mobaynida muayyan ijobiy natijalar berdi. Jumladan, doktorantura institutlari kengaydi, ilmiy izlanuvchilikka qiziqish kuchaydi, moddiy-texnik bazalar yangilandi, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faollik oshdi. 

Bunday ijobiy o‘zgarishlarni yana davom ettirish mumkin. Biroq vaqt o‘tishi bilan tizimda qator muammolar ham yuzaga chiqqani haqiqat. Xususan, bugun ochiqlik va shaffoflik, ilmiy-ijodiy erkinlikka ustuvorlik berilayotgan bir davrda ortiqcha byurokratik jarayonlar, hujjatbozlik ko‘pligi, ilmiy kengashlar faoliyatidagi ayrim nomuvofiqliklar, ilmiy tadqiqotlar va real iqtisodiy ehtiyojlar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘liq ta’minlanmagani sohada chuqur islohotlarni amalga oshirish ehtiyojini yaqqol namoyon etdi. 
 

Bahodir Jovliyev, 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi


Gazetani yuklab olish uchun

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish