1

Prezidentimizning islohotlar strategiyasi va yangi O‘zbekiston evolyutsiyasi

XXI asrda davlat boshqaruvi samaradorligi faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki institutsional qarorlar bilan emas, balki rahbarning jamiyat bilan muloqot o‘rnata olishi, islohotlar mazmunini xalq hayoti bilan bog‘lay olishi va davlat siyosatining natijalarini fuqarolar kundalik turmushida namoyon qila olishi bilan ham belgilanadi. Bugungi siyosiy kommunikatsiya muhitida rahbar imiji oddiy shaxsiy obraz emas, balki institutlar faoliyati, ijtimoiy natijalar, davlat xizmatlari sifati, strategik nutqlar va xalqaro maydondagi faollik bilan bog‘liq kompleks fenomenga aylanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida davlat va jamiyat munosabatlarini qayta kо‘rib chiqish, ma’muriy boshqaruvni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini kuchaytirish, ijtimoiy himoyani kengaytirish va tashqi siyosatni ochiqlik tamoyili asosida faollashtirish kabi jarayonlar davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlariga aylandi.

Ayniqsa, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil yangi boshqaruv uslubining g‘oyaviy asoslaridan biri sifatida namoyon bо‘ldi. Ushbu tamoyil Prezident siyosiy imijini “xalq bilan muloqot qiluvchi”, “muammoni joyida о‘rganuvchi”, “natija talab qiluvchi” va “davlat idoralarini inson manfaatiga yо‘naltiruvchi” lider obrazi bilan bog‘ladi. 

Nuriddin Qolqanov,

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti,

siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Manba: “Ma’rifat” gazetasi 2026-yil 24-iyun, 25-son

Gazetani yuklab olish uchun

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jun
02
May
18
Maqolalar
Avval iqtisod...
12:01

Izoh qoldirish