1

Markaz aynan Xastimomda qurilishining tarixiy asoslari

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Hazrati Imom (Xastimom) meʼmoriy majmuasi yonida barpo etilishining tarixiy, madaniy, diniy va maʼrifiy asoslari bor. Yaʼni uch ming yillikdan ziyod shonli tariximizni yangi Oʻzbekiston bilan bogʻlaydigan, inson va xalq qadrini ulugʻlaydigan aql-tafakkur markazi aynan Xastimom majmuasi yonida bunyod etilishi bejiz emas.

Xastimom majmuasi nafaqat yurtimizda, balki butun islom olamida alohida nufuz va eʼtibor qozongan tabarruk maskandir. Majmua tarkibidagi Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Moʻyi muborak madrasalari, Tillashayx hamda Namozgoh masjidlari asrlar davomida xalqimiz tomonidan asrab-avaylab kelinmoqda.

Koʻhna Toshkentning Sebzor dahasidagi Hazrati Imom ziyoratgohi poytaxtning bosh yodgorlik majmualaridan sanaladi. “Xastimom” soʻzi “Hazrati Imom” iborasining qisqartirilgan shaklidir. Mazkur joy atamasi shu yerdagi asosiy ziyoratgoh – Toshkent (Shosh)da tugʻilgan, musulmon olami imomlaridan biri Abu Bakr Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi nomidan olingan.

Neʼmatullo Muhammedov,

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori,

tarix fanlari doktori

Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2026-yil 10-aprel, 70-son

Gazetani yuklab olish uchun

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Feb
20

Izoh qoldirish