GEOMA’NAVIY XAVFSIZLIK
Radikalizm va ekstremizmning medialashuvi
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar va virtual kommunikatsiya tizimidan iborat global axborot muhiti geoma’naviy tahdidlarning zamonaviy tabiatini – ong, dunyoqarash va jamoatchilik fikriga qaratilgan axborot ta’siri mexanizmlarini yaqqol namoyon etadi va bunday tahdidlar uchun qulay infratuzilma va makon vazifasini o‘taydi.
Bu muhit vositasida axborotni yuqori tezlikda tarqatish, auditoriyani segmentlash va kontentni algoritmlar orqali ommalashtirish, tashqi g‘oyaviy ta’sirni bardavom jarayonga aylantirib, jamiyatda muayyan kayfiyat va qarashlarni shakllantirish hamda tabiiy holat sifatida qabul qildirish mumkin. Raqamli platformalardagi algoritm va targeting mexanizmlari jamoatchilik ongiga ta’sir o‘tkazib, ijtimoiy muhokamani qutblashtirish, muayyan qarashlarga ustuvorlik yuklash va axborot muhitini parchalangan “haqiqatlar” maydoniga aylantirish imkonini beradi.
Shu sababli, terroristik va ekstremistik guruhlar radikal g‘oyalarni media mahsulotga aylantirgan holda keng tarqatish strategiyasini faol qo‘llaydi.
Masalan, o‘zini an’anaviy islom ta’limotiga tayanayotgandek ko‘rsatayotgan, ammo mazmunan siyosiy-g‘oyaviy maqsadlarni ilgari suruvchi “soxta salafiylik” tarafdorlari raqamli platformalardan faol foydalanmoqda. Raqamli muhitdagi radikal g‘oyalar “Sof islomga yo‘l”, “Asl dinni tiklash”, “Bid’atlarga qarshi kurash”, “Haq yo‘lga qaytish” kabi chaqiriqlar bilan taqdim etilmoqda. Ushbu targ‘ibot shakli zo‘ravonlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri targ‘ib qilmasdan, avvalo, dunyoqarashni o‘zgartirishga qaratilgani bilan xavfli hisoblanadi. Radikal mazmundagi kontentlar ko‘pincha qisqa video, “savol-javob” tarzidagi chiqishlar, podkastlar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlar orqali tarqatiladi. Ularda davlatchilik, qonun ustuvorligi va jamiyatning dunyoviy asoslari ochiq inkor etilmasdan, “ikkinchi darajali”, “nohaq” yoki “botil tizim” sifatida shubhaga olinadi. Shu tariqa, auditoriya ongida qonunga emas, balki muayan diniy talqinga itoat shakllantiriladi.
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 20-fevral, 8-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish