Akademiyaga Indoneziya delegatsiyasi tashrif buyurdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga “Nahdatul Ulamo” oliy ta’lim muassasalari tashkiloti Bosh kotibi, professor Muhammad Faysal Aminuddin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Dastlab delegatsiya a’zolari 4-fevral – Xalqaro insoniy birodarlik kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘tkazilgan “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etishdi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari hamda Akademiya rahbariyati vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhammedov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etishdi.
“Nahdatul Ulamo” oliy ta’lim muassasalari tashkiloti Indoneziyadagi eng yirik islomiy jamiyat sanaladi. Uning tarkibiga mamlakatdagi universitet va institutlar hamda ularning akademik harakatlarini birlashtirish va rivojlantirish vazifasini bajaradi.
Tashkilot tarkibida Indoneziya bo‘ylab bir necha yuzlab oliy maktablar va universtitlar faoliyat ko‘rsatadi va ular tashkilot tomonidan nazorat qilinadi hamda birgalikda umummilliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Samimiy muloqot davomida keyingi yillarda O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik munosabatlari rivojlanib borayotgani, ayniqsa, madaniy-ma’rifiy, turizm, ilm-fan sohalaridagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof etildi.
Suhbat davomida Akademiya vakillari yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni haqida so‘z yuritishdi. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida xassos soha – muqaddas islom dinini ilmiy nuqtayi nazardan fundamental tadqiq etish, ulug‘ allomalarimiz ma’naviy merosini qayta kashf etish orqali dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shadigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashda tizimli ishlar amalga oshirilayotgani e’tirof etildi.
Muloqotda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berishda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi boshqa diniy-ta’lim muassasalari orasida muhim ahamiyat kasb etishini haqida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston va Indoneziya o‘zining diniy bag‘rikengligi, ilmiy salohiyati va madaniy xilma-xilligi misollarda ko‘rsatib o‘tildi.
Jahon tamadduni rivojida o‘zbekistonlik olimlarning o‘rni yuksak ekanini bildirdi. Markaziy Osiyoda muqaddas din tadrijiyligi, buyuk mutafakkirlar hamda davlat arboblarining islom taraqqiyotida tutgan ulkan o‘rni xususida atroflicha fikr yuritildi.
Muloqot yakunida mehmonlar yuqori darajadagi hurmat va mehmondo‘stlik uchun Akademiya mutasaddilariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, bugungi kunning dolzarb mavzularida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish