Xalqaro hamkorlik rivojida yangi bir bosqich
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Bruneyning Sulton Sharif Ali islom universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Akademiya prorektorlari Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Mahfuza Alimova, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdi.
Uchrashuvning ochilish qismida Akademiya birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev mehmonlarni muassasaga tashrifi uchun qutlab, oliygoh haqida batafsil maʼlumot berdi.
Delegatsiya rahbari, professor Dayang Siti Sara soʻz olib, samimiy qabul va uchrashuv tashkil etilgani uchun Akademiyaga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, delegatsiyaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistondagi taʼlim va ilmiy markazlar bilan aloqalar oʻrnatish va kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilish ekanligini bildirdi.
Sulton Sharif Ali islom universiteti faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Jumladan, arab tili, iqtisodiyot, turizm va qoʻlyozma manbalarni oʻrganish hamda oʻqituvchi va talabalar uchun mobillik dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligini qoʻshimcha qildi.
Uchrashuv davomida Sulton Sharif Ali islom universiteti va Akademiya oʻrtasida Anglashuv memorandumini imzolash, Akademiya professor-oʻqituvchilarining ilmiy maqolalarini Sulton Sharif Ali islom universiteti tomonidan nashr etiladigan jurnallarda chop etish hamda ikki muassasa tomonidan tashkil etiladigan xalqaro konferensiya va almashinuv dasturlariga oʻzaro nomzodlar taqdim etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish