Malayziya xalqaro islom universiteti delegatsiyasi Akademiyada
Bugun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida Malayziya xalqaro islom universiteti (IIUM) Ahmad Ibrohim nomidagi huquq fakulteti dotsenti Izham Hakimi va Abdulhamid Abu Sulaymon nomidagi Islom ilmlari va gumanitar fanlar fakulteti dotsenti Ahmad Orif bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Xalqaro hamkorlik böyiça prorektor Olim Astanakulov va Xalqaro hamkorlik bölimi boşliği Bahodir Xöjayev iştirok etdi.
Suhbat avvalida Olim Astanakulov mehmonlarning Akademiyaga taşrifidan mamnun ekanligini bildirib, Akademiya faoliyati, uning tarkibidagi ilmiy-tadqiqot markazlari hamda amalga oşirilayotgan işlar töğrisida batafsil maʼlumot berdi.
Öz navbatida, delegatsiya aʼzosi Izham Hakimi söz olib, Malayziya xalqaro islom universiteti faoliyati, uning taʼlim va ilmiy-tadqiqot yönalişlari haqida maʼlumot berdi. Şuningdek, u delegatsiya mamlakatimizda taşkil etilgan Global vaqf forumi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida taşkil etilgan konferensiyada iştirok etiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurganini, mazkur taşrif doirasida Akademiya bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş va özaro fikr almaşiş maqsadida uçraşuv taşkil etilganini taʼkidladi.
Muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi. Xususan, akademik mobillik dasturlari doirasida professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, ilmiy maqolalarni hamkorlikda tayyorlaş va nufuzli ilmiy naşrlarda çop etiş, ikki muassasa örtasida “Double Degree” qöşma taʼlim dasturini yölga qöyiş kabi masalalar muhokama qilindi.
Şuningdek, muloqotda ikki muassasa örtasida 2025-yilda imzolangan Anglaşuv memorandumi ijrosini faollaştiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur memorandum doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş maqsadida 2027-yilga möljallangan “Yöl xaritasi”ni işlab çiqiş hamda unda belgilangan vazifalarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Uçraşuv samimiy va döstona ruhda ötdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish