1

Akademiya professori xalqaro konferensiyada maʼruza qildi

Özbekistonning Hindistondagi elçixonasida Abu Ali ibn Sino qölyozmalari va boy ilmiy merosini örganişga bağişlangan ilmiy konferensiya bölib ötdi.

Mazkur anjumanda Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Ilhom Bekmirzayev ham iştirok etdi.

Tadbirni Özbekistonning Hindistondagi elçisi Sardor Rustambayev, Ibn Sino jamoat fondi boşqaruvi raisi Nozimxon Mahmudov va Hindistondagi Ibn Sino Akademiyasi prezidenti, professor Hakim Syed Zillur Rehman oçib berişdi

Konferensiyada Ibn Sino boy ilmiy merosiga va xalq tabobatiga bağişlangan ilmiy maʼruzalar tinglandi va istiqboli hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Hindistonning Nyu-Dehli, Ğoziobod va Aligarh şaharlarida ilmiy ekspeditsiya doirasida yana uçta konferensiya, forum, simpozium va bir qator uçraşuv va davra suhbatlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Izoh qoldirish