JICA bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Bugun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasiga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Özbekistondagi vakolatxonasi koordinatori Nakano Şizuka va Dasturlar böyiça masʼul xodimi Odilxon Xasanov taşrif buyurdi.
Mazkur tadbirda Akademiya Xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Olim Astanakulov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti Farhod Karimov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Nilufar Batirova va Xorijiy talabalar bilan işlaş bölimi boşliği Uluğbek Qodirov iştirok etdi.
Uçraşuv doirasida JICA tomonidan Yaponiyaning xorijdagi hamkorlik köngillilari dasturi volontyori Yamamoto Kimiakini 2026-2027-öquv yili 2-semestr Akademiyada Marketing va menejment fanlari böyiça taʼlim berişi muhokama qilindi.
Akademiya prorektori Olim Astanakulov Akademiya faoliyati, taʼlim yönalişlari, fakultet va kafedralar xususida maʼlumot berdi.
Şundan söng volontyorlarni Akademiya öquv jarayonlariga kollaboratsiya qilgan holda jalb qilişga tayorliklarini va ular uçun barça şaroitlar yaratib berişlarini bildirdilar.
Samimiy muloqotda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Akademiya örtasida ikki tomonlama aloqalarni muntazam rivojlantirişga kelişib olindi.
Uçraşuvdan söng mehmonlar “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi bilan tanişdilar.
Uçraşuv kötarinki va amaliy ruhda ötdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish