Qirqqalʼa universiteti bilan ilmiy hamkorlik yangi bosqichda
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Imomlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Qirqqalʼa universitetiga ilmiy almashinuv doirasida tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi islomshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar oʻrtasida tajriba almashish, shuningdek, ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat boʻldi.
Delegatsiya tarkibida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Ilhom Bekmirzayev, Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Imomlar malakasini oshirish markazi direktori Husniddin Ahmedov, Manbalar xazinasi katta ilmiy xodimi Lobar Asrorova hamda Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boʻlimi muhandisi Muxlisa Mirzayeva ishtirok etdi.
Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Qirqqalʼa universiteti rektori professor doktor Ersan Aslan bilan uchrashdilar. Muloqot chogʻida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Qirqqalʼa universiteti oʻrtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, akademik almashinuvni kengaytirish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Akademiya professor-oʻqituvchilari Qirqqalʼa universiteti Islom ilmlari fakulteti dekani professor doktor Mevlut Erten bilan uchrashib, fakultetning ilmiy-taʼlimiy faoliyati, tadqiqot yoʻnalishlari va hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Tashrif davomida Islom ilmlari fakulteti talabalari, ilmiy xodimlari, tadqiqotchilari hamda professor-oʻqituvchilari ishtirokida seminar-treninglar ham tashkil etildi. Ularda islomshunoslik sohasidagi dolzarb ilmiy masalalar, zamonaviy tadqiqot yondashuvlari va ilmiy izlanishlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ilmiy almashinuv doirasidagi mazkur uchrashuv va tadbirlar Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida, xususan, islomshunoslik sohasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish