1

O‘zbekiston – Ozarbayjon hamkorligi: ilmiy tadqiqot va ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Ozarbayjon Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Din ishlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisi Ramin Mammedov bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Olim Astanakulov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqot loyihalari asosida o‘tkaziladigan “O‘zbekiston – Ozarbayjon” xalqaro qo‘shma tanlovida ikki mamlakatning tegishli soha muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Ozarbayjon ilohiyot instituti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish istiqbollarini muhokama qildilar. Ayniqsa, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy nashrlar va maqolalar tayyorlash, konferensiya va seminarlar tashkil etish, shuningdek, akademik tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi. 

Uchrashuv yakunida ikki tomon ham O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, diniy-ma’naviy sohada o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Dec
19
Xalqaro hamkorlik
SDG
15:03

Izoh qoldirish