Bugungi davr ma’naviy manifesti
Samarqand ruhi
Bugungi davr ma’naviy manifesti
Samarqand – faqat geografik joy emas, tarix va ma’naviyat maskani. 2025-yil 30-oktabrda ana shu qadimiy navqiron shaharda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishida Prezidentimiz so‘zlagan nutq o‘z mazmun-mohiyati bilan dunyo hamjamiyati e’tiborini tortdi.
Bu nutqni shunchaki diplomatik chiqish sifatida baholash mumkin emas. Unda XXI asrda yashayotgan bashariyat vakillari uchun zarur ma’naviy konsepsiya – madaniyat orqali tinchlik va ma’rifat yo‘li bilan barqarorlikka erishish g‘oyasi ilgari surildi. Lo‘nda qilib aytganda, O‘zbekiston Prezidentining so‘zlarida xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi ishonch, bag‘rikenglik va muloqotni qayta tiklashga da’vat yangradi.
Asosiy g‘oyalar qatorida madaniyatning siyosiy va iqtisodiy hamkorlikdan ustun turishi, inson qadrining davlat siyosatining bosh tamoyiliga aylangani va ma’rifatning global xavfsizlikda hal qiluvchi omil ekani borasidagi fikrlar alohida diqqatga sazovor.
Davlatimiz rahbari ushbu nutqi orqali nafaqat o‘z siyosiy pozitsiyasini, balki insoniyat oldidagi ma’naviy mas’uliyatini ham ifoda etdi. Unda ilgari surilgan asosiy fikr bunday: davlat siyosatidan ma’naviyat uzilsa, jamiyat ruhiyatida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi O‘zbekistonda “Inson qadri – eng oliy qadriyat” degan g‘oya shunchaki shior emas, balki yangi davlatchilik falsafasining mohiyatiga aylangan. Ushbu falsafa tarixiy meros, zamonaviy siyosat va insoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, dunyodagi barcha mojaro va ziddiyatlar zamirida ma’rifat tanqisligi yotadi.
Irgash Daminov,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektori,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi
Yuklab olish uchun
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish