1

KOSMIK DIPLOMATIYA yangi formatdagi muloqot va hamkorlik maydonini yaratmoqda

XXI asr xalqaro munosabatlar tizimida fan, texnika va axborot texnologiyalari integratsiyasi global siyosiy jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi. Shu nuqtayi nazardan, kosmik sohadagi faoliyat nafaqat ilmiy-texnik taraqqiyot ko‘rsatkichi, balki davlatning geosiyosiy nufuzi va innovatsion salohiyatining ham muhim indikatori sifatida namoyon bo‘lmoqda. 

Zamonaviy “kosmik diplomatiya” tushunchasi milliy manfaatlar, xavfsizlik, axborot suvereniteti va iqtisodiy barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, xalqaro munosabatlarda yangi formatdagi muloqot va hamkorlik maydonini yaratmoqda.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida bu sohada hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi tuzilmaning yangi strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, tashkilotga a’zo mamlakatlarning umumiy ilmiy tadqiqot salohiyati, kadrlar zaxirasi va geografik ustunliklarini hisobga olgan holda kosmik diplomatiya sohasi ularning integratsiya jarayonlarida “innovatsion ko‘prik” vazifasini bajarishi mumkin.

Javohirxon Sobirov,

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi katta o‘qituvchisi,

siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 25-oktabr, 219-son

Gazetani yuklab olish uchun

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish