
Taraqqiyotning bosh omili nimada?
Ko‘pchilikni o‘ylantirgan savolga javob
Faqat johil kishi inson huquqlari va erkinligi borasidagi me’yorlarni toptashi, o‘zgalarni undan mahrum etish asnosida, o‘zi va yaqinlarini ham bu mahrumlikka sherik qilishi mumkin. Bunga asosiy sabab nima, degan savolga esa, jamiyatdagi diniy qarashlarning xato talqinidan kelib chiqqan johilona qadriyatlar, deb javob beruvchi kishilar ham bor.
Ammo boshqa omillarni ham unutmaslik lozim. “Hokimiyat – qonundan yuqori” degan qarash bilan yashaydigan kishilardan iborat jamiyatda faqat johilona qarashlar rivojlanib, huquqiy madaniyat tanazzulga yuz tutib boraveradi. Huquqiy ong va madaniyat shakllanmagani bois, jamoatchilik nazorati hech qachon amaliyotga tatbiq etilmaydigan bunday davlatlarning fuqarolari muntazam tarzda g‘oyaviy-mafkuraviy bosim ostida ushlanadi. “An’ana”, “madaniy xususiyat”, “o‘ziga xoslik” yoki “diniy me’yor” degan bahonalar bilan inson huquqlari toptalaveradi. Qonuniy huquq va erkinliklar butunlay yo‘qolib, korrupsiya gullab-yashnaydi. Jamiyatning siyosiy va iqtisodiy salohiyati nolga tenglashgach, alamzada kishilarning adolattalablik hissi sabab radikallashuv vujudga keladi.
Demak, johilona qadriyatlardan tashqari, huquqiy savodxonlikning pastligi, huquqiy ong va madaniyatning shakllanmagani ham inson huquqlarining toptalishiga asosiy sabablardan biri bo‘ladi.
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 10-oktabr, 41-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish