4

BARQAROR TURIZM sayyohlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi

Nuqtayi nazar 

Barqaror turizm sayyohlik sohasini, turistik yo‘nalishlarni tabiiy, madaniy va ijtimoiy muhitga zarar yetkazmaydigan tarzda tashkil etishdir. uning asosiy maqsadi resurslarni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish orqali turistlar hamda mahalliy aholi ehtiyoji o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashdan iborat. Shuningdek, u ekologik meyorlarga rioya qilish, tabiatga salbiy ta’sirni minimallashtirish, sayyoh kelgan mamlakatning madaniyati, an’analari va ijtimoiy xususiyatlarini hurmat qilishni ham taqozo etadi. 

Turizm industriyasiga barqaror yondashuv tarmoqning uyg‘un va mutanosib rivojlanishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Bu esa sohadagi barcha ishtirokchining uzoq muddatli manfaatini hisobga olish imkonini beradi. 

Birinchidan, barqaror turizm ekologik muvozanatni saqlash va istiqbolli turizm yo‘nalishlari jozibadorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Ikkinchidan, mahalliy an’analar va madaniyatga hurmatni rag‘batlantirish ijtimoiy va madaniy foyda keltiradi. Ushbu yondashuv sayyohlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi ijobiy munosabatni rivojlantirish, madaniy merosni saqlashga yordam beradi hamda ijtimoiy inklyuziyani qo‘llab-quvvatlaydi. 

Nurislom To‘xliyev,

 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, akademik,

Olim Ostonaqulov,

 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori

 Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 23-mart, 59-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish