
“Kurashadi ikki to‘lqin, qarab turaymi!..”
Mulohaza
Bugun Ilon Mask haqida eshitmagan kishi kam. “Kim o‘zi u?” degan savolga aksar kishilar “milliarder” deb javob qiladi. Siyosat, ilm-fan, fazo va dasturlash olami yangliklaridan yaxshiroq xabardor kishilar esa uning innovatorligini, ayni paytda AQSH prezidentining eng yaqin maslahatchilaridan biri hamda Hukumat samaradorligi departamenti rahbari ekanini ham aytishi mumkin.
Yozishga turtki bergan voqea
Ilon Mask borasida bizning diqqatimizni jalb etgan voqea “Jadid” gazetasi tomonidan chop etilgan kitob taqdimotida sodir bo‘ldi. Ma’ruzachilar qatorida so‘zga chiqqan akademik Abdulla A’zam: “Milliarder Ilon Maskning sun’iy intellekt (SI) texnologiyasi va kelajak urushlari borasida general Jon Xayten bilan suhbati kishida jiddiy xavotir uyg‘otadi”, dedi. Tadbirdan so‘ng olim Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ushbu mavzuga oid qo‘shimcha mulohazalarini e’lon qildi: “Maqsad – bugungi muammoga e’tibor qaratish. Sun’iy intellekt boshqaradigan tank va dronlarni ishlab chiqarish rivojlanmoqda... Biz esa innovatsiyani faqat sotib olish bilan shug‘ullanyapmiz. Sun’iy intellektni o‘zimiz yaratish o‘rniga, boshqalarnikidan foydalanyapmiz...”.
Chindan ham aksariyat ekspertlar kelajakda SI texnologiyasi harbiy mojarolarda hal qiluvchi rol o‘ynab, inson uchun muqarrar xavfni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlab, bu yo‘nalishga jiddiy e’tibor qaratish va uni boshqarishda ustunlikka ega bo‘lish shart, degan fikrni ilgari surishmoqda. Ilon Mask esa ana shunday qarashdagi kimsalar orasida o‘ta qat’iy fikrda ekani bilan alohida ajralib turadi. Buning ustiga, u mavjud texnologik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, SI texnologiyasi yo‘nalishida mutlaq yetakchi bo‘lishga ochiq-oydin intilayotganlardan biri.
Shu o‘rinda SIT va Ilon Mask haqida batafsilroq to‘xtalishga harakat qilamiz.
Abdulhamid Muxtorov,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 28-fevral, 9-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish