O‘zXIA – IIUM: hamkorlik aloqalarida yangi davr
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Malayziyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Akademiya vakillari tashrif doirasida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumida ishtirok etishdi.
Forum davomida Malayziya oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday hamkorlik muloqotlaridan biri Malayziya xalqaro islom universiteti (IIUM) bilan bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanaqulov hamda Malayziya xalqaro islom universiteti vakillari ishtirok etdi.
Mazkur universiteti 1983-yilda Malayziya hukumati va Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan. Ayni paytda universitetda 24 ming 218 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 6159 dan ortig‘i xorijiy talabalar hisoblanadi. 1900 ga yaqin professor-o‘qituvchilar dars beradi. QS World University Rankingsda 661-670-o‘rinni egallagan.
Universitet tarkibida tillarni va universitetgacha akademik tayyorgarlikni rivojlantirish, fundamental tadqiqotlar, Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti, Islom bank ishi va moliyasi instituti, Musulmonlar birligi xalqaro instituti, “Halol” tadqiqot va o‘qitish instituti, Cayyorani yaxshi holatda saqlab qolish instituti, Okenografiya va dengizlarni o‘rganish instituti, Tilni taraqqiyot qilish instituti mavjud.
Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Malayziya xalqaro islom universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi o‘tkazildi.
Mazkur memorandum turizm sohasida oʻzaro foydali hamkorlik va doʻstona aloqalarni qoʻllab-quvvatlash, tenglik, oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslanib, ikki oliy ta’lim muassasa qo‘shma ta’lim va talabalarning akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Shuningdek, memorandumda ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonlariga malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish, ta’lim muassasalari o‘rtasida turli g‘oyalar, axborot va o‘quv adabiyotlarini almashish uchun sharoit yaratish kabi hamkorlik aloqalari ko‘zda tutilgan.
Akademiya vakillarining tashrifi davom etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish