Akademiya vakili xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi
Ozarbayjon Respublikasining Boku shahridagi Hazar universitetida “9-xalqaro Rumiy simpoziumi” o‘tkazildi.
Hazar universitetining Mavlono adabiy-falsafiy tadqiqot instituti va Yaqin Sharq universitetining Rumiy tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan simpoziumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Akademiya vakili simpoziumda “Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy” asarining O‘zbekistondagi tarjimasiga bir nazar” mavzusida ma’ruza qildi.
Jaloliddin Rumiy asarlari nafaqat yuksak badiiyligi, balki ularga singdirilgan kuchli hayot falsafasi bilan ommani o‘ziga rom etib kelayotgani, O‘rta asr musulmon Sharqining muazzam siymolaridan biri sifatida alloma qoldirgan ma’naviy meros asrlarga tatigulik ahamiyatga molik ekanini ta’kidladi.
Jaloliddin Rumiyning jahon miqyosidagi o‘rni, boy falsafiy-ma’naviy merosi bir qancha mahoratli mutarjimlar tomonidan o‘zbek tiliga bir necha bor tarjima qilingani, alloma asarlari O‘zbekistonda katta qiziqish bilan o‘rganilishini qayd etdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish