Akademiya rektori Yuta shtati Senati Prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida Yuta shtati Senati Prezidenti Styuart Adams bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanayotgani, ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, xususan, ta’lim, ilm-fan, diniy bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Akademiya rektori O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, vijdon erkinligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, diniy-ma’rifiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish borasidagi yangilanishlar haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, Styuart Adams O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakatning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlariga ijobiy munosabat bildirib, o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Brigham Young universiteti (BYU) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumini amaliy mazmun bilan boyitish masalalariga bag‘ishlandi.
Xususan, mazkur memorandum doirasida talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Brigham Young universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilarini Akademiyaga taklif etish, qo‘shma ilmiy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim va ilmiy tadqiqotlar jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, akademik aloqalarni mustahkamlash hamda ilgari surilgan tashabbuslarni amaliy jihatdan rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish