1

Akademiya vakili Qozogʻistondagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi

Joriy yilning 19-oktabr kuni Qozogʻiston Respublikasining Almati shahridagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universitetining 25 yillik yubileyi munosabati bilan “Qozogʻistonda islom sivilizatsiyasi anʼanalari: oʻtmishi va buguni” mavzusida XXXII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Mahfuza Alimova ishtirok etib, Akademiya rektori nomidan tabrik nutqi bilan chiqish qildi.

Konferensiyada Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Misr, Qirgʻiziston va Rossiyaning yetakchi olimlari hamda diniy-maʼrifiy soha vakillari ishtirok etdi.

Anjuman davomida islom sivilizatsiyasining tarixiy merosi, anʼanaviy islomning ilmiy-nazariy asoslari, diniy va milliy qadriyatlar uygʻunligi, islomshunoslik taʼlimi hamda zamonaviy diniy tadqiqotlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, anjuman doirasida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Izoh qoldirish