166

O‘zbek adabiyotshunosligida Zulfiyaxonim ijodiy merosining o‘rni

Xalqimizning suyukli shoirasi Zulfiya ijodi, ibratli fazilatlari, hayotiy qarashlari bilan hali-hamon ko‘pchilik qizlar uchun namuna olishga arzirli ijodkor sifatida yodga olinadi. Har yili mamlakatimizda O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludi bahoriy kayfiyat bilan hamohang tarzda nishonlanadi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham betakror shoira tavallud ayyomi munosabati bilan “O‘zbek adabiyotshunosligida Zulfiyaxonim ijodiy merosining o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘limi boshlig‘i Farida Abdurahimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Farida Afro‘z, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Sayyora To‘ychiyeva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Oydin Abdullayeva, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi, Akademiya 4-bosqich talabasi Muxtasar Karimova, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda “Zulfiyaxonim adabiy merosining o‘zbek qizlari ijodidagi ahamiyati” mavzusida ma’ruza qilindi.  

So‘zga chiqqanlar tomonidan talabalarga Zulfiyaxonim hayoti va ijodi, ibratli voqealar to‘g‘risida gapirib berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Zulfiyaxonimning adabiyotimizga qo‘shgan hissasi, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan ibratli umri haqida hikoya qilindi. 

Bahorning ilk nafasi ardoqli shoiramizdan boshlanishi, shoira mehr-sadoqat timsoli ekanini ta’kidlashdi. O‘tgan asrning 30 yillarida o‘zbek adabiyotiga kirib kelgan shoira otashin she’rlari bilan millionlab adabiyot ixlosmandlarining yuragidan joy olgani, Nodirabegim, Uvaysiy kabi mumtoz shoiralarimizning munosib davomchisi deya e’tirof etilishini qayd etishdi.

Shu o‘rinda davlatimiz rahbari tomonidan “Bugun Zulfiyaxonimga munosib izdosh sifatida e’tirof etilib, sovrindorlar safida turgan zukko farzandlarimni ko‘rib, qalbim cheksiz faxr va quvonchga to‘lmoqda”degan so‘zlarini yodga olsak arziydi. Zulfiyaxonim nafaqat hassos shoira, balki chinakam o‘zbek ayoli timsoli, buyuk qalb egasi edi. 

Darhaqiqat, shoiraning “Dalada bir kun”, “Tong qo‘shig‘i” nomli she’rlar turkumi, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Kuylarim sizga” to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Shoira “So‘roqlaydi shoirni she’rim”, “Oydin” , “Quyoshli qalam” kabi ocherk va dostonlari, “Semurg‘”, “Zaynab va Omon” dostonlari asosida pyesa va opera librettosini ham yaratgan. Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. 

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan davra suhbati yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish