Akademiyada maxsus kurs darslari davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2026/2027-o‘quv yilida talaba va magistrantlar uchun “Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, milliy yuksalish va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar” mavzusida maxsus kurs tashkil etilmoqda.
Mazkur darslar mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichini belgilab berayotgan ustuvor yoʻnalishlar, islohotlar falsafasi hamda ularning amaliy mazmun-mohiyatini tahlil qilishga bagʻishlanmoqda.
Kurs doirasida siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Millat shavkati” nomli kitobida ilgari surilgan gʻoya va qarashlarning mazmun-mohiyati tizimli yondashuv asosida ochib beriladi.
Bugungi ma’ruza “Yangi O‘zbekiston davlatchilik konsepsiyasi: milliy yetakchilik fenomeni, ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik va mintaqaviy renessans uyg‘unligi” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Maxsus kurs “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti Feruz Rashidov tomonidan olib borildi.
Ma’ruzada Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida inson qadrini ulug‘lash, ma’naviy yuksalish, jamiyat tafakkuridagi o‘zgarishlar, yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni kabi masalalar atroflicha yoritildi.
Yakunda talabalar va magistrantlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ma’ruza doirasida o‘zaro fikr va mulohazalar almashdilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish