Samolyot bortida bitilgan maktub – millat kelajagiga qaratilgan ezgu nasihat
Xabaringiz bor, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga parvozi davomida nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubida ilgari surilgan fikrlar mazmun-mohiyatini yoşlar örtasida keng tarğib etiş maqsadida davra suhbatlari taşkil etilmoqda.
Bugungi davra suhbatida Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-maʼrifiy masalalar böyiça maslahatçisi, rektor Muzaffar Kamilov, professor-öqituvchilar, xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.
“Samolyot bortida bitilgan maktub – millat kelajagiga qaratilgan ezgu nasihat” mavzusidagi davra suhbatida davlat rahbarining maktubida aks etgan hayotiy qaraşlar, bolalik xotiralari, Prezidentlik masʼuliyati, vaqtning qadri, yoş avlodning kelajagi va jamiyat oldidagi burç kabi muhim masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirda rektor Muzaffar Kamilov tomonidan maktubning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratilib, unda davlat rahbarining şaxsiy hayotiy tajribasi, bolalik davridagi xotiralari va hayot yölida orttirgan saboqlari yoş avlod uçun muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Samimiy muloqotda Prezidentlik faoliyatining naqadar katta masʼuliyat, fidoyilik va doimiy izlanişni talab qilişi, davlat va xalq manfaatlari yölida xizmat qiliş insondan yuksak iroda, sabr-toqat hamda vaqtni töğri taqsimlaş könikmasini talab etişi alohida qayd etildi.
Ayniqsa, maktubda yoşlarning kelajagi, ularning bilimli, taşabbuskor, mustaqil fikrlaydigan va Vatan taqdiriga daxldor insonlar bölib voyaga yetişi bilan boğliq fikrlar davra suhbatlarining asosiy mavzularidan biriga aylandi. Rektor Muzaffar Kamilov tomonidan bugungi yoşlar oldida turgan imkoniyatlar bilan bir qatorda, zamonaviy bilim va könikmalarni egallaş, xorijiy tillarni örganiş, axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş hamda ijtimoiy hayotda faol iştirok etişning ahamiyati haqida tuşuntirişlar berildi.
Davra suhbatlari oçiq muloqot va savol-javoblar şaklida davom etdi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, maktubdagi fikrlar yuzasidan öz munosabatlarini bildirdilar. Muhokamalar jarayonida davlat rahbarining nabirasiga yöllagan samimiy maktubi nafaqat oilaviy suhbat, balki yoş avlodga hayotiy qadriyatlar, masʼuliyat, vaqt qadri va kelajak oldidagi burçni anglatişga xizmat qiluvçi muhim tarbiyaviy mazmunga ega ekani eʼtirof etildi.
Bunday maʼrifiy uçraşuvlar yoşlarning maʼnaviy-intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ularni ezgu maqsadlar sari safarbar etiş hamda kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan yetuk va masʼuliyatli kadrlar etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish