BOBONING NAVIRASIGA MAKTUBI — MILLAT KELAJAGIGA QARATILGAN EZGU NASIHAT
Mehr, masʼuliyat, vatanparvarlik va kelajak avlod oldidagi burç mujassam bölgan samimiy maktub
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan samimiy maktubi nafaqat boboning nabiraga mehr-muhabbati va hayotiy nasihatlari, balki butun Özbekiston yoşlariga qaratilgan çuqur tarbiyaviy va maʼnaviy ahamiyatga ega murojaatdir. Unda inson hayotining mazmuni, Vatanga sadoqat, xalq xizmatida böliş, ilm-maʼrifatga intiliş, vaqtni qadrlaş va qiyinçiliklar oldida matonatli böliş kabi muhim hayotiy tamoyillar taʼsirçan ifodalangan.
Maktubning eng eʼtiborli jihati şundaki, unda davlat rahbarining şaxsiy keçinmalari, bolalik xotiralari, hayotiy tajribasi va kelajak avlod oldidagi masʼuliyat hissi samimiy bayon etilgan. Muhtaram Prezidentimiz uzoq safarlarga çiqiş sababini nabirasiga tuşuntirar ekan, faoliyatining asosiy maqsadi bitta oila emas, millionlab yurtdoşlarimizning farovon hayoti, tinçligi va kelajagi yölida xizmat qilişdan iborat ekanini taʼkidlaydi. Maktub mazmunida davlat va xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiliş, el-yurt taşvişini öz taşvişi deb biliş ğoyasi mujassam. Undagi «millatning dardiga darmon bölişdan köra aʼlo va afzal iş yöq» degan mazmundagi fikr har bir inson, ayniqsa, yoş avlod uçun muhim hayotiy mezon bölib xizmat qiladi.
Maktubda yurtboşimiz bolalik yillarini eslab, öşa davr maşaqqatlari haqida söz yuritadi: yozning jaziramasida ğöza çopgani, sovuq kunlarda paxta terganini, maktabdagi öqiş davrining muayyan qismi daladagi mehnat bilan ötganini yodga oladi. Bu xotiralar şunçaki ötmişni eslaş emas, balki bugungi avlod uçun yaratilayotgan şaroitlarning qadriga yetiş, taʼlim oliş imkoniyatlaridan unumli foydalaniş zarurligini anglatadi.
Ayniqsa, bolalarni majburiy mehnatdan ozod qiliş, ularning taʼlim-tarbiyasi uçun munosib şaroit yaratiş, zamonaviy maktab va boğçalar barpo etiş, sifatli darsliklar va malakali pedagoglar bilan taʼminlaş borasidagi fikrlar alohida ahamiyatga ega. Çunki har bir bolaning baxtli bolalik keçirişi, sifatli taʼlim olişi va öz qobiliyatini röyobga çiqarişi jamiyatning ertangi taraqqiyoti uçun mustahkam poydevordir. Bugun yoş avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar ertaga bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yuksak salohiyatli va masʼuliyatli insonlarning kamol topişiga xizmat qiladi.
Maktubda alohida eʼtibor qaratilgan masalalardan yana biri — yoş avlodning milliy tarix va buyuk ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalanişidir. Davlatimiz rahbari Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Mahmudxöja Behbudiy kabi buyuk allomalarimiz nomlarini faxr bilan tilga olib, ularning ilm-fan, maʼrifat va insoniyat taraqqiyotiga qöşgan ulkan hissasini eslatadi.
Bu orqali yoş avlodga muhim bir haqiqat anglatiladi: biz buyuk ilmiy va maʼnaviy merosga ega xalqning farzandlarimiz. Ajdodlarimiz bilan faxrlanişning özi kifoya emas — ularning munosib vorisi böliş uçun bilim oliş, izlaniş, mehnat qiliş va yangilik yaratişga intiliş lozim. Bugun xalqaro fan olimpiadalarida ğolib bölayotgan, nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olayotgan, ilm-fanning turli yönalişlarida kaşfiyot va ixtirolar qilayotgan yoşlarimiz, şuningdek, xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erişayotgan şaxmatçilarimiz ayni şu salohiyatning amaliy ifodasidir. Eng muhimi, isteʼdod öz-özidan şakllanmasligi, buning uçun oilada, taʼlim muassasalarida va jamiyatda izçil tarbiya, eʼtibor va qöllab-quvvatlaş zarurligi taʼkidlanadi.
Prezident maktubining asosiy ğoyalaridan biri yoşlarni ilm olişga, mutolaaga va zamonaviy bilimlarni egallaşga daʼvat etişdir. Globallaşuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda yoşlarning bilimli, tafakkuri keng, zamonaviy dunyoqaraşga ega bölişi nihoyatda muhim. Maktubda zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş bilan birga, ularga qaram bölib qolmaslik zarurligi ham alohida uqtiriladi. Raqamli texnologiyalar inson uçun ulkan imkoniyatlar eşigini oçayotgan bir paytda, ulardan maqsadli foydalaniş, mustaqil fikrlaş, axborotni tahlil qiliş va töğri xulosa çiqariş könikmalarini şakllantiriş talab etiladi.
Şuningdek, xorijiy tillarni örganiş, har kuni yangi bilim va könikmalarni egallaş, boşlangan işni oxiriga yetkaziş, bugungi vazifani ertaga qoldirmaslik kabi tavsiyalar yoşlarni intizomli va masʼuliyatli bölişga çorlaydi. Bilim insonning eng katta boyligi, tafakkur esa uning eng kuçli qurolidir. Ilmli inson hayotda öz örnini topadi, jamiyat rivojiga munosib hissa qöşadi va mamlakat taraqqiyotining faol iştirokçisiga aylanadi.
Maktubda vaqtning qadriga yetiş, undan oqilona foydalaniş va hayotda uçraydigan qiyinçiliklarga bardoş beriş masalalariga alohida urğu berilgan. Muhtaram Prezidentimiz öz hayotiy tajribasidan kelib çiqib, vaqt inson uçun eng bebaho boylik ekanini taʼkidlaydi. Darhaqiqat, yöqotilgan mol-mulkni qayta tiklaş, sarflangan mablağni topiş mumkin, ammo ötgan vaqtni ortga qaytarib bölmaydi. Şu bois har bir inson, ayniqsa, yoşlar öz oldiga aniq maqsad qöyişi, kun tartibini töğri taşkil etişi, foydali maşğulotlarga köproq vaqt ajratişi lozim.
Maktubda muvaffaqiyatga erişiş yölida sabr, iroda va qatʼiyatning örni ham taʼsirçan ifodalangan. Hayotda barça orzu va rejalar hamişa kutilgandek amalga oşavermaydi; baʼzan muvaffaqiyatsizliklar,tösiqlar va sinovlar ham uçraydi. Bunday vaziyatlarda tuşkunlikka tuşmaslik, xatolardan xulosa çiqariş va oldinga intiliş haqiqiy muvaffaqiyatning muhim şartidir. Insonning kuçi heç qaçon qoqilmasligida emas, balki qoqilganda ham qayta turib, öz maqsadi sari dadil qadam taşlay olişidadir.
Maktubning eng taʼsirçan qismlaridan biri Vatanga muhabbat va davlat ramzlariga hurmat masalasiga bağişlangan. Yurtboşimiz xorijiy safarlarda Özbekistonni, xalqini va yaqinlarini soğinişi, bunday damlarda davlat bayroğiga qarab, qalbida Vatanga mehr va faxr tuyğularini his etişini samimiy bayon qiladi. Bu fikrlar Vatan tuşunçasining naqadar uluğ va muqaddas ekanini yana bir bor namoyon etadi. Vatan — inson tuğilib ösgan maskan, uning ildizlari, tarixi, tili, qadriyatlari va kelajagidir. Uni seviş faqat söz bilan emas, balki halol mehnat, masʼuliyat, fidoyilik va amaliy faoliyat bilan namoyon böladi.
Şu maʼnoda, yoşlarning davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalanişi, milliy ğurur va iftixor tuyğusini qalbiga singdirişi, qaysi kasbni egallaşidan qatʼi nazar, Vatan ravnaqi uçun xizmat qilişga intilişi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktubdagi mardlik, oriyatlilik, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, olijanoblik va vatanparvarlik kabi fazilatlarni asrab-avaylaşga qaratilgan nasihatlar ham aynan şu ğoyaning mantiqiy davomidir.
Mazkur maktubning tarbiyaviy ahamiyati şundaki, unda faqat bir nabiraga emas, balki butun bir avlodga murojaat qilinadi. Undagi fikrlar har bir ota-ona, bobo-buvi, pedagog va yoşlar uçun birdek muhim. Maktubda ota-onaning farzand oldidagi masʼuliyati, kattalarning yoş avlodga örnak bölişi, oilaviy tarbiya va jamiyatning kelajak avlod kamolotidagi örni ham öziga xos tarzda namoyon böladi. Davlat rahbarining öz nabirasiga bildirgan mehr-muhabbati, uning kelajagi uçun qayğurişi va ezgu tilaklari zamirida barça bolalarning baxtli, bilimli, soğlom va munosib hayot keçirişi haqidagi orzu-intilişlar mujassam.
Maktubdagi eng muhim xulosalardan biri şuki, yoş avlodning kelajagi faqat yaratilayotgan imkoniyatlarga emas, balki ularning öz intilişi, mehnati, bilimi va qatʼiyatiga ham boğliq. Şunday ekan, har bir yoş öz oldiga yuksak maqsadlar qöyişi, vaqtini qadrlaşi, bilim olişi, kasb-hunar egallaşi va jamiyat oldidagi masʼuliyatini çuqur anglaşi zarur.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, Prezidentimizning nabirasiga yöllagan uşbu maktubi — mehr va masʼuliyat, hayotiy tajriba va ezgu orzular, milliy ğurur va vatanparvarlik, ilm-maʼrifat va bunyodkorlik ğoyalari uyğunlaşgan maʼnaviy murojaatdir. Unda ilgari surilgan fikrlar har bir yoşni öz hayotiga teran nazar taşlaşga, vaqtni qadrlaşga, bilim olişga, buyuk ajdodlarga munosib voris bölişga va Vatan ravnaqi yölida munosib hissa qöşişga undaydi. Yurtning buguni va ertasi yoş avlodning qanday inson bölib voyaga yetişiga boğliq. Bilimli, maʼnaviyatli, vatanparvar va fidoyi yoşlar esa Yangi Özbekistonning eng katta boyligi, eng mustahkam tayançi va porloq kelajagidir.
Muzaffar KAMILOV,
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektori
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish