110

Kalom va islom falsafasining yetuk olimi bilan uchrashuv

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiya Respublikasining Ibn Xaldun universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, markaz xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.

Hamza Bakriy iordaniyalik mashhur olim hisoblanadi. Xalqaro ilmiy anjumanlarda ko‘plab ma’ruzalari bilan qatnashgan va ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan. Bundan tashqari, Hamza Bakriy juda ko‘plab tahqiq ishlarini amalga oshirgan. 

Davra suhbati davomida ma’ruzachi tomonidan tinglovchilarga aqidaga oid masalalar, mazhab, shuningdek, zamonamizning turli ixtilofli masalalari va ularning yechimlariga oid ilmiy ma’lumotlar haqida so‘z yuritildi.

Mahorat darslari barchaga manfaatli bo‘lgani tinglovchilar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Muloqotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish