1

Xorijlik talabalar ishtirokida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasining Akademiya bosqichi o‘tkazildi

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun hisoblanadi. Sana munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida tahsil oluvchi xorijlik talabalar o‘rtasida mazkur koʻrik-tanlovning Akademiya bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, xorijlik talabalar o‘zbek tilini o‘rganishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov shartlari yozma matn mazmunini tahlil qilish, leksik-grammatik test – til birliklarini qoʻllash koʻnikmasi, erkin yoki berilgan mavzuda insho (esse) yozish hamda milliy-madaniy bilimlar – Oʻzbekiston tarixi, adabiyoti, urf-odatlari va maqol-matallarini bilishdan iborat bo‘ldi. 

G‘oliblar Hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim tashkiloti bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish