196

Akademiya vakillari xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Moskvada Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Jahon iqtisodiyoti makoni: g‘oya, strategiya, hamkorlik” mavzusidagi  IV Xalqaro Yevroosiyo ilmiy maktabida ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot uchun aytish joizki, mazkur tadbirda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professori A.Isajonov, dotsent G.Gulyamova va dotsent N.Botirova hamda bir guruh talabalar qatnashmoqda.

Ilmiy maktab joriy yilning 1-dekabriga qadar davom etadi. Ilmiy maktabga tashrif buyurgan yetakchi Rossiya va xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari ishtirokida talabalar uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, turli universitetlardan kelgan talabalar professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligini va mamlakatlar eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha loyiha taklifini tayyorlab, taqdimot qilishadi. 

Mazkur ilmiy maktab foydali va qiziqarli tarzda o‘tmoqda.  

Izoh qoldirish