Akademiya professor-oʻqituvchilari Buxoro viloyatida turizm salohiyatini oʻrganishdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-oʻqituvchilari Buxoro shahrida xizmat safarida boʻlishdi. Safar davomida Buxoro davlat universiteti, Kogon va Romitan tumanlarining ziyoratgohlari hamda turizm mahallalari ko‘zdan kechirildi.
Safarning birinchi kunida Buxoro davlat universitetida oliy ta’lim muassasasi bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda ikki taʼlim muassasasi oʻrtasida ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib olindi. Shuningdek, uchrashuvdan soʻng Buxoro viloyati Kogon tumanining ziyoratgohlari bilan tanishildi. Tumanda ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Shundan so‘ng Romitan tumanida joylashgan ziyorat obyektlari oʻrganildi. Tumanlarda tashkil etilgan turizm mahallalariga tashrif buyurildi. Jumladan, Buxoroda turizm salohiyatini oshirish boʻyicha tumanning choʻl hududida joylashgan tematik sayyohlik maskani bilan tanishildi. Bunday maskanlarni faoliyatini rivojlantirish uchun ularni keng reklama qilish, turistik paketlarga ushbu maskanni kiritish, infratuzilmani yaxshilash boʻyicha takliflar berildi.
Shuningdek, Buxorodagi “Sefard yahudiylari sinagogasi” va 1200 yildan ortiq tarixga ega yahudiylar qabristoni bilan tanishilib, xorijdagi ushbu din vakillarining Buxoroga kelib, ziyoratlarini kengaytirish doirasida fikrlar almashildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish