264

Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Mazkur o‘quvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etdi.

2023-yilning 3-12-aprel kunlari tashkil etilgan 72 soatlik mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarda islom dinining insonparvarlik va tinchlikvarparlik g‘oyalari to‘g‘risida, shuningdek, harbiy xizmatchilar shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida  turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Yakunda Akademiya katta zalida malaka oshirish o‘quvlari yakuni bo‘yicha bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tinglovchilarga sertifikatlar va o‘tilgan dars mashg‘ulotlari bo‘yicha tarqatma materiallari topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish