1

“Haj – 2027”: ziyoratçilar uçun şaroitlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariladi

“Haj – 2027” mavsumiga tayyorgarlik köriş hamda yurtdoşlarimiz uçun munosib şaroitlar hozirlaş maqsadida mutasaddi idoralar bilan uçraşuvlar ötkazilmoqda.

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida xizmat safarida bölib turgan Prezident maslahatçisi Muzaffar Komilov, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiq Toşboyev, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Orifxon Zakirov, attaşe Şuhrat Amoniy qator taşkilotlar, jumladan, “Tavofa” haj xizmatlari muassasasi vakillari bilan muhim uçraşuvlar ötkazdilar.

Muloqot avvalida tomonlar ikki mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqiçga kötarilganini, xususan, haj va umra ziyoratçilari uçun körsatilayotgan xizmatlar saviyasi yuksak darajaga çiqqanini alohida e’tirof etdilar.

Muzokaralar davomida bölajak haj mavsumida kutib olişdan to kuzatişgaça bölgan jarayonlarda, xususan, haj amallari bajariladigan Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida hojilarimizga munosib xizmat körsatiş hamda ular uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş masalalari yuqori talab nuqtai nazaridan atrofliça muhokama qilindi.

Öz navbatida, “Tavofa” muassasasi vakillari kelgusi mavsum uçun muborak maskanlarda şinam çodirlar taşkil etiş, transport va oziq-ovqat ta’minotini yanada takomillaştiriş, kommunal xizmatlar sifatini oşiriş hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etiş böyiça aniq vazifalar belgilab oldilar.
Jumladan, uşbu vodiylarda har bir ziyoratçi uçun yetarli joy ajratiş, çodirlarni tayyorlaş, ularni “Sofa bed”, sovutkiç hamda boşqa zarur maişiy qulayliklar bilan jihozlaşga katta e’tibor qaratiladi.

Muloqotda hojilarimiz uçun zarur böladigan maişiy aşyolar jamlanmasi taqdim etiş hamda ularni uç mahal issiq taom, muntazam çoy va salqin içimliklar bilan ta’minlaş masalasiga ham alohida urğu berildi.

Manba: 

Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish