1

Haj vaziri bilan yangi mavsumni yuqori darajada ötkaziş muhokama qilindi

Keça Özbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi örtasida “Haj – 2027” mavsumini namunali taşkil etiş yuzasidan muloqot bölib ötdi. 

Unda Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-maʼrifiy masalalar böyiça maslahatçisi, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi Orifxon Zakirov, elçi Nodirjon Turğunov, attaşe Şuhrat Amoniy kelgusi haj mavsumini yuqori darajada ötkaziş masalalarini atrofliça muhokama qilişdi.

Uçraşuv avvalida muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev hamda Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Valiahd Muhammad bin Salmon Ol Saud örtasidagi köp qirrali munosabatlar salmoqli natija berayotgani, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, turizm, qişloq xöjaligi va ziyoratçilarga eng yuqori darajadagi xizmatlar körsatilayotgani alohida eʼtirof etildi.

Haj va umra vaziri öz navbatida Özbekiston Prezidenti rahnamoligida amalga oşirilayotgan islohotlarni, xususan, diniy-maʼrifiy sohadagi ijobiy özgarişlar, butun dunyo eʼtirofiga sazovor bölayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasida olib borilgan bunyodkorlik işlari, şuningdek, ziyoratçilarga yaratilayotgan qulay şaroitlarni yuksak baholadi. Doktor Tavfiq ar-Robia yurtimizga amalga oşirgan avvalgi ikki taşrifi davomida guvohi bölgan jadal taraqqiyotni eʼtirof etib, Özbekistonga yana taşrif buyuriş niyatida ekanini maʼlum qildi.

Muloqot davomida “Haj-2027” mavsumini yuqori saviyada taşkil etiş bilan boğliq taşkiliy masalalar yuqori sifat nuqtai nazaridan muhokama qilindi. Jumladan, hojilarga eng munosib şaroitlarni hozirlaş, haj arkonlari ado etiladigan makonlarda şaroitlarni yaxşilaş, transport, tibbiy va oşxona xizmatlari sifatini takomillaştiriş kabilarga urğu qaratildi.

Yakunda tomonlar qator masalalar böyiça kelişuvga erişiş barobarida özaro esdalik sovğalari almaşdilar.

Izoh qoldirish