1

Xalqaro seminar BMT va Akademiya hamkorlik aloqalari uçun muhim platforma bölib xizmat qildi

Avval xabar berganimizdek, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Aksilterror boşqarmasi vakillari tomonidan seminar trening maşğulotlari ötkazilmoqda.

Mazkur seminar Akademiya taşabbusi bilan BMT Aksilterror boşqarmasi, Yevropa ittifoqi Global terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Din işlari böyiça qömita hamkorligida taşkil etildi.

Onlayn va offlayn formatda ötgan seminarda BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi loyiha menejeri Dmitriy Ponomaryov, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining (UNODC) Toşkentdagi dastur ofisi rahbari Mirzohid Sultonov, BMTning Toşkentdagi vakolatxonasi vakili Sarvar Tursunov, BMT strategik kommunikatsiyalar böyiça eksperti Jodi Rigli, Şvetsiya ekstremizmning oldini oliş markazi (CVE) rahbari Markus Hyelm, Yevro-Arab jamğarmasi (FUNDEA) tadqiqot va loyihalar böyiça direktori hamda Yevropa Ittifoqining radikallaşuvning oldini oliş böyiça bilimlar markazida strategik kommunikatsiyalar rahbari, doktor Xavyer Ruiperez Kanales, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektor maslahatçisi Ötkir Hasanboyev, “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov hamda Akademiya professor-öqituvçilari iştirok etdi.

Tadbir davomida BMT va Özbekiston örtasidagi hamkorlik munosabatlari yuqori darajada faol davom etayotgani, xususan, jaholatga qarşi maʼrifat şiori ostida zöravonlik va ekstremizmga qarşi kuraş sohasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini qayd etildi.

Seminarda “BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining zöravon ekstremizmning oldini oliş borasidagi faoliyati”, “BMT Taraqqiyot dasturining zöravon ekstremizmning oldini oliş borasidagi faoliyati”, “Ziyo” media markazi salohiyat va profilaktikaga qöşilgan hissasi”, “Ekstremizmning oldini oliş va unga qarşi kuraşişda sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalaniş”, “Hududlarda ekstremizmning oldini olişda kömaklaşiş böyiça Şvetsiyaning mobil qöllab-quvvatlaş guruhlari tajribasi” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Öquvlarda birgalikda ekstremizmga qarşi loyihalar, videoroliklar, soha mutaxassislari iştirokida video qöllanmalar, risolalar tayyorlaş haqida amaliy maşğulotlar olib borildi.

“Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov tomonidan ekstremizm, xalqaro terrorizm va bu omillarning rivojlanişi uçun ildiz vazifasini ötaşi mumkin bölgan diniy radikalizmga qarşi kuraşiş, uşbu omillar oqibatida sodir bölişi mumkin bölgan terroristik hodisalarning oldini olişda mamlakat fuqarolariga hamda xalqaro terrorizm va zöravon ekstremizm bilan bevosita qarşi kuraşayotgan şaxslarga axborot, tahlil va huquqiy jihatdan amaliy körsatiş maqsadida “Ziyo” media markazi taşkil etilgani taʼkidlandi.

Markaz Özbekiston Prezidentining “Jaholatga qarşi maʼrifat” ğoyasi ostida muqaddas dinlarning ezgu ğoyalari, tinçliksevarlik va bağrikenglik tamoyillarini tarğib etiş, Özbekistonda islom madaniyati, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk allomalar merosini çuqur örganiş, din musaffoligini asraş hamda zöravonlik ekstremizmi va terrorizmga qarşi kuraş yönalişida özining media mahsulotlarini namoyiş etib boradi.

Markazda tayyorlangan audio va video materiallar davlat yoki nodavlat boşqaruvidagi deyarli barça telekanallar va radiokanallarda namoyiş etilib, yoşlarni yot ğoyalardan himoya qiliş, jamiyatda diniy mutaassiblikning ildiz otişiga yöl qöymaslik, terroristik va ekstremistik ğoyalarga qarşi aholida immunitet hosil qilişga xizmat qilişi qayd etildi.

Qolaversa, Akademiya professor-öqituvçilarining turli internet manbalari vositasida yoşlarni yot ğoyalardan himoya qiliş, jamiyatda diniy mutaassiblikning ildiz otişiga yöl qöymaslik, terroristik va ekstremistik ğoyalarga qarşi aholida immunitet hosil qilişdagi işlarini yuqori baholandi.

Tadbir yakunida bu kabi amaliy uçraşuvlar barça uçun manfaatli bölişi taʼkidlandi.

Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish