1

ÖZBEKISTON XALQARO ISLOMŞUNOSLIK AKADEMIYASI REKTORI MUZAFFAR KAMILOVNING TALABALAR, ULARNING OTA-ONALARI HAMDA PROFESSOR-ÖQITUVÇI VA XODIMLARGA MUROJAATI

Aziz talabalar, hurmatli ota-onalar hamda qadrli professor-öqituvçi va akademiya xodimlari!

Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallaşi, ularning xavfsiz, soğlom va qulay şaroitlarda taʼlim olişi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Oldimizda turgan 2026-2027-yillar kuz-qiş mavsumini betalafot, barqaror va uyuşqoqlik bilan ötkaziş har birimizdan yuksak masʼuliyat va huşyorlikni talab etadi. Havo haroratining pasayişi bilan isitiş moslamalari, gaz va elektr tarmoqlaridan foydalaniş kölami keskin ortib, bu esa xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qiliş zaruratini yanada kuçaytiradi.

Hurmatli talaba-yoşlar!

Sizlarning soğliğingiz, hayotingiz va xavfsizligingiz biz uçun eng oliy qadriyatdir. Talabalar turar joylarida hamda ijara xonadonlarida istiqomat qiliş davomida yonğin va elektr xavfsizligi qoidalariga sözsiz rioya qilişingiz şart. Xususan, qölbola, nostandart va nosoz elektr isitiş peçlaridan foydalaniş, bir vaqtning özida elektr tarmoğiga ortiqça yuklama beriş hamda isitiş uskunalarini qarovsiz qoldiriş qatʼiyan man etiladi. Gaz plitalari va isitiş qozonlaridan foydalanişda dudburonlarning sozligiga, xonalarni muntazam şamollatib turişga alohida eʼtibor qarating, çunki is gazidan zaharlaniş xavfi beparvolikni aslo keçirmaydi. Şuningdek, ijara şartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylaştiriş va yaşaş manzilingiz özgarganda tyutorlarni öz vaqtida xabardor qiliş sizning ijtimoiy himoyangiz va xavfsizligingiz kafolatidir.

Qadrli ota-onalar!

Farzandlaringizning nafaqat öqiş jarayoni, balki ularning darsdan taşqari vaqtlardagi yaşaş şaroitlari ham doimiy nazoratingizda bölişi nihoyatda muhimdir. Ijara xonadonlarini tanlaşda uyning isitiş tizimi sozligi, elektr simlarining xavfsizligi va sanitariya-gigiyena talablariga javob berişini şaxsan közdan keçirişingizni söraymiz. Farzandlaringiz bilan muntazam muloqotda bölib, ularga maişiy texnika va gaz jihozlaridan töğri foydalaniş könikmalarini yana bir bor eslatib turiş barçamizning umumiy vazifamizdir. Akademiya rahbariyati va ota-onalar örtasidagi mustahkam hamkorlik yoşlarimizni turli köngilsiz hodisalardan asraşda hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.

Hurmatli professor-öqituvçilar, tyutorlar va texnik xodimlar!

Akademiyaning barça öquv binolari, Axborot-resurs markazi, sport majmuasi hamda talabalar turar joylarida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini töliq yakunlaş va issiqlik taʼminotini uzluksiz nazorat qiliş burçimizdir.

Har bir fakultet dekani, kafedra mudiri va tyutor ijarada yaşovçi talabalar xonadonlariga muntazam taşrif buyurib, mavjud muammolarni joyida örganişi va bartaraf etiş çoralarini körişi zarur. Mehnat muhofazasi, texnika va yonğin xavfsizligi böyiça masʼul xodimlar barça birlamçi öt öçiriş vositalari, zaxira çiqiş yölaklari hamda elektr taqsimlaş şitlarining soz holatda bölişini kundalik tekşiruvdan ötkazib borişlari lozim. Öquv maşğulotlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda talabalarga favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş böyiça tuşuntiriş işlarini tizimli ravişda olib borişimiz darkor.

Barçamiz bir yoqadan boş çiqarib, ogohlik va masʼuliyat bilan harakat qilsak, kuz-qiş mavsumini tinç, xotirjam va yuqori samaradorlik bilan ötkazamiz.

Muzaffar Kamilov

Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektori

Izoh qoldirish