274

Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Akademiya kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari uchun “Kasaba uyushma tashkiloti a’zolarining jamoa shartnomasi bilan ishlash ko’nikmasini rivojlantirish” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 36 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda Akademiya kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolaridan iborat tinglovchilar ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quvlarga “Davlat muassasalari va jamoat xizmati” kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashidan maxsus mutaxassislar va sohaga oid tajribali kadrlar jalb etilgan. Ular tomonidan “Davlat muassasalarida ish yuritish hamda mehnat shartnomasi mazmuni”, “Mehnat intizomi: ichki mehnat tartibi qoidalari”, “Mehnat shartnomasi: taraflarining javobgarligi va mas’uliyati”, “Mehnat muhofazasi va ijtimoiy sug‘urta: ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar”, “Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi”da jamoa shartnomasi shakllantirish bo‘yicha yo’nalishlar”, “Yoshlar mehnati va ular uchun qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar”, “Mehnat nizolarini hal etish tartib-qoidalari” hamda “Jamoa shartnomasi majburiyatlarining buzilishi yoki ularni bajarmaslik uchun javobgarlik” kabi mavzularda dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish